76

Bilet 76

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Kunning qorong'i vaqtida aholi punktlarida yo'lning yoritilgan qismida Siz qanday tashqi yoritish chiroqlaridan foydalanishingiz kerak?

Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi chiroqlardan
Yaqinni yorituvchi chiroqlardanTo'g'ri
Gabarit chiroqlardan

Izoh: YHQ 23-bobi 135-bandi: Quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi chiroqlar o'rniga yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak: yo'l yoritilgan bo'lsa; qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa qolganda, shuningdek, qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositasining haydovchisi fara chiroqlarini vaqti-vaqti bilan oʻchirib-yoqib bunga zarurat borligini bildirgan hollarda undan ham ko'proq masofada; qarama-qarshi va bir yo'nalishdagi transport vositalari haydovchilarining ko'zini qamashtirishi mumkin boʻlgan boshqa barcha holatlarda. Ko'zi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish bo'lagini o'zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to'xtashi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi holatda siz majburiy to'xtashni amalga oshirasiz?

Har ikki sanab o'tilgan holda
Texnik nosozlik tufayli yo'lning harakat qismidaTo'g'ri
Piyodalar o'tish joyi oldida piyodalarga yo'l berish uchun to'xtab

Izoh: YHQ, Umumiy qoidalar: Majburiy to'xtash — texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yo'lovchining holati, yoʻldagi biror toʻsiq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bog'liq holda transport vositasi harakatini toʻxtatish. Haydovchining ushbu xatti-harakati oxirgi zarur chora bo'lib, qoidabuzarlik deb e'tirof etilmaydi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Qaysi hollarda Sizga harakatni davom ettirish taqiqlanadi, hatto ta’mirlash ustaxonasiga ham, agarda faralar va orqa gabarit chiroqlar nosoz bo'lsa?

Har ikki sanab o'tilgan holdaTo'g'ri
Faqat yetarlicha ko'rinmaslik sharoitida
Kunning qorong'u vaqtida

Izoh: YHQ 2-bobi 12-bandi: Haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo'lgan, sutkaning qorong'i vaqtida yoki ko'rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg'ir yoki qor yogʻayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish.

Bu savol haqida batafsil →
4

Kunning yorug' vaqtida aholi punktlaridan tashqarida Siz quvib o'tayotgan transport vositasi haydovchisining e’tiborini qanday jalb qilasiz?

Faqat yorug'lik faralarini qisqa-qisqa yoqib o'chirish bilan
Faqat tovush ishorasi bilan
Sanab o'tilgan barcha usul bilan va ularni birga qo'llash bilanTo'g'ri

Izoh: YHQ 8-bobi 49-bandi: Quvib o'tish haqida tovushli ishora oʻrniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o'chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
5

Sanab o'tilgan qaysi transport vositalarini o't o'chirgichsiz tasarruf etishga ruxsat etiladi?

Avtomobillarni
Faqat yon kajavasiz mototsikllarni
Avtobuslarni
Barcha mototsikllarniTo'g'ri

Izoh: YHQ 3 ilova: 7.10. Transport vositalari quyidagilar bilan jihozlanmagan bo'lsa: М1, N1, N2, N3 toifadagi, mikroavtobus va gʻildirakli traktorlarda tibbiyot qutichasi, o't o'chirgich, majburiy to'xtaganligini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet).

Bu savol haqida batafsil →
6

Qaysi qo'shimcha axborot belgilari birga qo'llanilganda belgilarning ta’sir oralig'ini ko'rsatadi?

Savol 6
Faqat «Б»
Faqat «A»
«Б» va «B»To'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 7.2.1. «Ta'sir oralig'i». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko'rsatkich belgilarining ta'sir oraligʻini ko'rsatadi. 7.2.2 — 7.2.6. «Ta'sir oralig'i».

Bu savol haqida batafsil →
7

Birinchi uzatmada uzoq tezlanishda yurish yoqilg'i sarfiga qanday ta’sir etadi?

Yoqilg'i sarfi kamayadi
Yoqilg'i sarfi ortadiTo'g'ri
Yoqilg'i sarfi o'zgarmaydi

Izoh: Dvigatel yuqori tezlikda ishlayotganida, birinchi uzatma yoqilgan avtomobilning uzoq vaqt tezlashishi yoqilg'i sarfini oshiradi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Ko'rsatilgan yo'l belgilaridan qaysilari Siz yo'lning tor qismida yo'l berishingizni talab qiladi?

Savol 8
«Б» va «B»
«A» va «B»To'g'ri
«Б» va «Г»
Faqat «B»

Izoh: YHQ 21-bobi 128-bandi: Agar yo'lning 1.13 va 1.14 yo'l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda, qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan to'siq bo'lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak. 1 ilova: 2.6. «Ro'para harakatlanishning ustunligi». Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo'lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo'lning tor qismida bo'lgan yoki ro'paradan unga yaqin bo'lgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
9

Qanday hollarda yo'lning burilish qismlarida yengil avtomobil ag'darilishga qarshi turg'unroq?

Yuksiz va yo'lovchilarsizTo'g'ri
Yo'lovchilar bilan yuksiz
Yo'lovchilarsiz, yuqori yukxonasida yuki bilan

Izoh: Avtomobilning og'irlik markazi qanchalik past va simmetrik bo'lsa, u shunchalik barqaror bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Qaysi yo'l belgisi piyodalar yo'lkasini bildiradi?

Savol 10
Barchasi
Faqat «Б» va «B»
Faqat «Б»To'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 4.6. «Piyodalar yo'lkasi». Faqat piyodalar yurishiga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →