78

Bilet 78

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Siz ro'paradan yaqinlashayotgan yuk avtomobiliga yo'l berishingiz kerakmi?

Savol 1
Yo'qTo'g'ri
Ha

Izoh: YHQ 10-bobi 75-bandi: Agar biror to'siq sababli qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanish qiyin bo'lsa, to'siq o'z tomonida bo'lgan haydovchi yo'l berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
2

Ushbu holatda Sizga temir yo'l kesishmasiga chiqishga ruxsat etiladimi?

Savol 2
Ha, yaqinlashib kelayotgan poyezd yo'q bo'lsa
TaqiqlanadiTo'g'ri
Ha

Izoh: YHQ 18-bobi 118-bandi: Temir yoʻl kesishmasiga quyidagi hollarda kirish taqiqlanadi: kesishmadan keyin hosil boʻlgan tirbandlik tufayli haydovchi kesishmada to'xtashga majbur bo'ladigan hollarda.

Bu savol haqida batafsil →
3

Transport vositasi qiyalikda joyidan qo'zg'alishda to'xtab turish tormoz dastagini qay vaqtda tushirishni boshlash kerak?

Harakatni boshlagandan so'ng
Harakatni boshlashdan avval
Harakatni boshlash bilan bir vaqtdaTo'g'ri

Izoh: Harakatni boshlash bilan bir vaqtda.

Bu savol haqida batafsil →
4

Avtomobilning ABS tizimi burilishida sirpanish va yonga siljishni oldini oladimi?

Avtomobilni faqat sirpanish ehtimolining oldini oladi
Avtomobilni sirpanish va yonga siljish ehtimolining oldini olmaydiTo'g'ri
Avtomobilni faqat yonga siljish ehtimolining oldini oladi

Izoh: Antiblokirovka tizimi (ABS) avtomobilning tormoz tizimi bilan birga qarama qarshi ishlab uni tartibga soladi, ya'ni g'ildiraklarni keskin tormozlaganda ularni blokirovkadan asraydi. Bu bilan avtomobilni turgʻunligini va boshqaruvchanligini yengillashtiradi. Bu tizimning o'ziga yarasha qulayligi va shu bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Qo'qqisdan tormozlanganda hatto quruq, qattiq qoplamali yoʻllarda ABS tizimi avtomobilni toʻxtata olmaydi uni ishga tushish vaqti (1-2 sek.) ushbu vaziyatga haydovchi koʻnikma hosil qilishi kerak. Bu esa o'z navbatida tajriba talab etadi. Burilishlarda markazdan qochirma kuch evaziga ABS sirpanish va siljishga ta'sir eta olmay qolish ehtimoli yuzaga keladi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Chorrahaning ko'rsatilgan joyida Sizga to'xtashga ruxsat etiladimi?

Savol 5
Ruxsat etiladi, agarda Sizning transport vositangiz bilan sidirg'a chiziq orasidagi masofa 3 metrdan ortiq bo'lsa
TaqiqlanadiTo'g'ri
Ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandi: quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo'lning sidirg'a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).

Bu savol haqida batafsil →
6

Siz chapga burilmoqchisiz, kimga yo'l berishingiz kerak?

Savol 6
Har ikki transport vositasigaTo'g'ri
Faqat yuk avtomobiliga
Faqat avtobusga

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yoʻl berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
7

Yengil avtomobilning orqa oynasiga parda yoki jalyuzilar o'rnatish mumkinmi?

Ruxsat etiladi, agarda ikki tomonda orqani ko'rsatuvchi ko'zgusi bo'lsaTo'g'ri
Taqiqlanadi

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 avgustdagi 646-son qarori: b) avtotransport vositalari orqa oynasining tusini, shuningdek, avtotransport vositalari old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan koʻp boʻlmagan polosa shaklida yorug'lik o'tkazuvchanligi cheklanmagan darajada o'zgartirish (qoraytirish) ruxsatnomasiz, tasdiqlangan davlat standarti asosida amalga oshiriladi.

Bu savol haqida batafsil →
8

90 km/soat tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi 1 sekundda qancha masofani bosib o'tadi?

25 mTo'g'ri
15 m
35 m

Izoh: 1 km = 1000 metr 1 soat = 60 min = 3600 sekund Keling, ushbu qiymatlarni almashtiramiz: 90 km/soat = 90*1000/(1*3600) = 90000/3600 = 25 m/s.

Bu savol haqida batafsil →
9

Shatakka olingan avtomobilni avariya ishoralari nosoz bo'lganda transport vositasi qanday belgilanishi kerak?

Shatakka olingan transport vositasi orqa tomoniga avariya sababli to'xtash belgisini o'rnatishTo'g'ri
Orqa tumanga qarshi chiroqlarini yoqish
Gabarit chiroqlarini yoqish

Izoh: YHQ 8-bobi 52-bandi: Shatakka olingan transport vositasida avariya yorug'lik ishoralari boʻlmasa yoki ular ishlamasa uning orqa tomoniga avariya sababli toʻxtash belgisi o'rnatilishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
10

Ko'rsatilgan qaysi joyda siz avtomobilni qoidaga binoan to'xtatishingiz mumkin?

Savol 10
Faqat «Б»To'g'ri
Hech qaysisida
Faqat «A»
Faqat «Б» va «B»

Izoh: YHQ 13-bobi 88-bandi: Aholi punktlarida o'rtada tramvay yo'li bo'lmagan, har yo'nalishda bittadan tasmasi bo'lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo'llarda yo'lning chap tomonida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi. YHQ 13-bobi 91-bandi: Quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: piyodalar o'tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda.

Bu savol haqida batafsil →