❓ YHQ Savoli

Avtomobilning ABS tizimi burilishida sirpanish va yonga siljishni oldini oladimi?

Avtomobilni faqat sirpanish ehtimolining oldini oladi
Avtomobilni sirpanish va yonga siljish ehtimolining oldini olmaydi
Avtomobilni faqat yonga siljish ehtimolining oldini oladi

Izoh: Antiblokirovka tizimi (ABS) avtomobilning tormoz tizimi bilan birga qarama qarshi ishlab uni tartibga soladi, ya'ni g'ildiraklarni keskin tormozlaganda ularni blokirovkadan asraydi. Bu bilan avtomobilni turgʻunligini va boshqaruvchanligini yengillashtiradi. Bu tizimning o'ziga yarasha qulayligi va shu bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Qo'qqisdan tormozlanganda hatto quruq, qattiq qoplamali yoʻllarda ABS tizimi avtomobilni toʻxtata olmaydi uni ishga tushish vaqti (1-2 sek.) ushbu vaziyatga haydovchi koʻnikma hosil qilishi kerak. Bu esa o'z navbatida tajriba talab etadi. Burilishlarda markazdan qochirma kuch evaziga ABS sirpanish va siljishga ta'sir eta olmay qolish ehtimoli yuzaga keladi.