80

Bilet 80

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

To'xtab turish qoidasini kim buzdi?

Savol 1
Faqat «A»
Faqat «Б»To'g'ri
«A» va «Б»

Izoh: YHQ 1-ilova: 7.6.1 — 7.6.9. «Transport vositasini to'xtab turish joyiga qo'yish usuli». 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to'xtab turishi uchun yo'lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo'yish usulini, 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to'xtab turish joyiga yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va skuterlarni qo'yish usulini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Tormoz tizimi ishlamaydigan avtomobilning vazni sizning avtomobilingizni yarim vaznidan og'ir bo'lsa uni shatakka olishingizga ruxsat etiladimi

Faqat 30 km/soat tezlikda ruxsat etiladi
TaqiqlanadiTo'g'ri
Ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 24-bobi 145-bandi: Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq bo'lsa (haqiqiy vazni kam boʻlgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yo'l qo'yiladi).

Bu savol haqida batafsil →
3

Yoqilg'i bilan ta'minlash tepkisini keskin tezlikni oshirish uchun bosayotganda, avtomobil sirpanishni boshlasa haydovchi qanday harakat qilishi kerak?

Tepkiga ta'sir etuvchi kuchni kamaytirishTo'g'ri
Tepkiga ta'sir etuvchi kuchni o'zgartirmaslik
Tepkini yana kuchliroq bosish

Izoh: Tepkiga ta'sir etuvchi kuchni kamaytirish.

Bu savol haqida batafsil →
4

Yengil avtomobilda qaysi yo'nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Savol 4
Istalgan yo'nalishdaTo'g'ri
Faqat o'ngga va chapga
Faqat to'g'riga

Izoh: YHQ 1 ilova: 4.1.1. «Harakatlanish to'g'riga». 7.4.1 belgi bilan o'rnatilgan yo'l belgisining ta’siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan transport vositalariga tatbiq etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qaysi yo'l belgilari qayrilib olishga ruxsat beradi?

Savol 5
Faqat «Б»
BarchasiTo'g'ri
Faqat «Б» va «Г»
Faqat «А», «Б» va «В»

Izoh: YHQ 1-ilova: А va Б belgilari 5.7.1, 5.7.2. «Bir tomonlama harakatli yo'lga chiqish», Harakatlanish bir tomonlama bo'lgan yo'lga yoki qatnov qismiga chiqishni bildiradi. В va Г belgilari 5.10.2, 5.10.3. «Yo'nalishli transport vositalari uchun bo'lagi bor yo'lga chiqish» ni bildiradi. Bunday belgilar chorraxalarda qayrilib olishni taqiqlamaydi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Yo'nalishli transport vositasi bekatidan tashqarida yo'l chetidan qo'zg'alayotgan yo'nalishli transport vositasiga yo'l berishingiz kerakmi?

Savol 6
Ha
Yo'qTo'g'ri

Izoh: YHQ 9-bobi 53-bandi: Haydovchi harakatlanishni boshlash, manyovr qilish (qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, quvib o'tish va aylanib o'tish) va to'xtashdan oldin bajarilayotgan manyovr boshqa yo'l harakati ishtirokchilarini harakatlanishiga xavf tug'dirmasligi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
7

Quruq ob-havo sharoitida asfalt - beton qoplamali yo'lda harakatlanayotgan haydovchi yomg'ir tomchilab qolganda nima qilishi kerak?

Tezlikni kamaytirishi va ehtiyot bo'lishi kerakTo'g'ri
Yomg'ir tezlashib ketmasdan tezroq harakat qilishi
Tezlikni o'zgartirmasdan harakatni davom etttirishi

Izoh: Yomg'ir tomchilab boshlanganda tezlikni kamaytirishi va extiyotkorlik choralarini kurishi shart, chunki yoʻldagi chang va moy va rezina qoldiqlari va boshqalar yo'lda sirpanchiq qatlam xosil qilib, ishqalanish koefitsentini kamaytirib yuboradi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Aholi punktlariga tegishli yo'l harakati qoidalari qayerdan boshlanadi?

Aholi punkti nomini ko'rsatuvchi oq rangli 5.22 yoki 5.24 havorang rangli yo'l belgidan boshlab
Aholi punkti nomini ko'rsatuvchi oq rangli 5.22 yo'l belgisidan boshlabTo'g'ri
Yo'l yuzidagi qurilma va inshootlardan boshlab

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.22. «Aholi punktining boshlanishi». Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Ushbu yo'l belgisi ta'sir oralig'ida sizga odam tushirish (chiqarish)ga yoki yuk ortish (tushirish)ga ruxsat etiladimi?

Savol 9
HaTo'g'ri
Yo'q

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.28. «Toʻxtab turish taqiqlangan». Transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlanishini bildiradi. Toʻxtab turish — transport vositasiga yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog'liq bo'lmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan ko'proq vaqtga atayin to'xtatish.

Bu savol haqida batafsil →
10

Burilish ko'rsatkichi bilan berilayotgan ogohlantiruvchi ishora qachon to'xtatilishi kerak?

Manyovr bajarayotganda
Manyovr bajarishdan oldin
Manyovr bajargandan so'ng darholTo'g'ri

Izoh: YHQ 8-bobi 46-bandi: Burilish ko'rsatgichi yoki qoʻl bilan berilayotgan ishora manyovrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach, darhol to'xtatilishi kerak (qo'l bilan berilayotgan ishorani manyovrni bevosita bajarishdan oldin tugallash mumkin). Ishoralar boshqa yo'l harakati qatnashchilarini chalg'itmasligi kerak.

Bu savol haqida batafsil →