8

Bilet 8

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Shatakka olingan avtomobilda odamlarni tashishga ruxsat etiladimi?

Yengil avtomobilda ruxsat etiladiTo'g'ri
Avtobusda ruxsat etiladi
Qattiq ulagichda shatakka olingan yuk avtomobili yukxonasida ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 24-bobi 143-bandiga asosan: Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish, qisman ortish yo'li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo'lishi taqiqlanadi. 159. Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida; transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun mo'ljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno); Traktorlar va boshqa o'ziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar yukxonasida; Mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarning konstruksiyasida ko'zda tutilgan joylardan tashqarida; 12 yoshga toʻlmagan bolalarni mototsiklning orqa o'rindig'ida, shuningdek bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o'rnatilmagan transport vositasining old o'rindig'ida; odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko'zda tutilgan miqdordan ortiq bo'lganda. Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan vazndan oshmasligi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
2

Bu joyda quvib o'tishga ruxsat etiladimi?

Savol 2
Taqiqlanadi
Ruxsat etiladiTo'g'ri
Agar quvib oʻtilayotgan transportning tezligi 40 km/ soatdan kam bo'lsa ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining yigirma oltinchi xatboshisiga asosan: 3.22. «Yuk avtomobillarida quvib o'tish taqiqlangan». Toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno). YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimining ikkinchi xatboshisiga asosan: 7.1.1. «Obyektgacha boʻlgan masofa». Belgidan yo'lning xavfli joyi, yoʻl harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yo'nalishi boʻyicha oldindagi muayyan joygacha boʻlgan masofani ko'rsatadi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Qaysi belgi «T» simon chorrahada harakatlanish yoʻnalishini ko'rsatadi?

Savol 3
4
3
5
2To'g'ri
1

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-bo'limi: 1.31.3. «Burilishning yoʻnalishi». T-simon chorrahada yoki yoʻl ayrilishlarida harakatlanish yo'nalishini, ta'mirlanayotgan yo'l qismini aylanib o'tish yoʻnalishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Oldida transport vositasi to'xtab turgan tartibga solinmaydigan piyodalar o'tish joyiga yaqinlashib kelmoqdasiz. Siz nima qilishingiz kerak?

Harakatni davom ettirish, lekin to'xtab turgan transport vositasi oldida piyodalar yo'qligiga ishonch hosil qilgan holdaTo'g'ri
Piyodalar o'tish joyidan o'tish
Albatta to'xtash, piyodalar paydo bo'lsa, ularni o'tkazib yuborish
Piyodalar o'tish joyidan to'xtamasdan o'tish, lekin alohida ehtiyotkorlik bilan

Izoh: YHQ 17-bobi 110-bandi: Agar tartibga solinmagan piyodalar o'tish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki to'xtasa, qoʻshni tasmalarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu transport vositasi oldida ртуода (lаг) yoʻqligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qaysi transport vositalariga harakatlanish ruxsat etiladi?

Savol 5
Yashil, ko'k va qora avtomobillarga
Qizil, sariq va yashil avtomobillarga
Yashil, ko'k va qizilTo'g'ri

Izoh: YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan: Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi: Oʻng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:

Savol 6
Tramvay, avtobus va yengil avtomobilTo'g'ri
Yengil avtomobil, tramvay, avtobus
Avtobus, yengil avtomobil, tramvay

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Qanday hollarda quvib o'tish taqiqlanadi?

Ko'priklarda, yo'l o'tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida
Piyodalar o'tish joylarida
Sanab o'tilgan barcha hollardaTo'g'ri
Tartibga solingan chorrahalarda

Izoh: YHQ 12-bobi 86-bandiga asosan: Quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tartibga solingan chorrahalarda; tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda; ko'priklarda, yo'l o'tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida; piyodalar o'tish joylarida; temir yo'l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda; quvib yoki aylanib o'tayotgan transport vositalarini; tepalikning oxirida va yo'lning ko'rinishi cheklangan joylarida; 3.20 va 3.22 yo'l belgilari ta’sir oralig'ida.

Bu savol haqida batafsil →
8

Kunduzgi vaqtda yaqinni yorituvchi fara chirogʻini yoqish ogohlantirish ishorasi bo'ladimi?

Bo'lmaydi
Bo'ladiTo'g'ri

Izoh: YHQ 8-bobi 44-bandiga asosan, quyidagilar ogohlantiruvchi ishoralar hisoblanadi: burilishni koʻrsatadigan miltillovchi chiroq yoki qo'l bilan beriladigan ishoralar; tovushli ishoralar; chiroqlarning yoqib o'chirilishi; kunduz kuni yaqinni yorituvchi chiroqlarning yoqilishi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Agar g'ildiraklardagi tortish kuchi yo'l bilan tishlashish kuchidan ortiq bo'lsa:

Yetakchi g'ildiraklar oʻrnidan jilmay aylanadiTo'g'ri
Yurgizgich o'chib qoladi
Ulagich detallarining yemirilishi ortadi

Izoh: Joydan qo'zg'alayotgan vaqtda katta inersiya kuchi vujudga keladi va uni bartaraf qilish uchun yetaklovchi g'ildiraklarga katta tortish kuchini qo'shish lozim. Gorizontal yoʻlda katta bo'lmagan tezlikda bir tekis harakat paytida qarshilik kuchi katta emas va uni bartaraf qilish uchun kamroq bortish kuchi yetarli. Koʻproq tortilganda boshqaruvchi g'ildiraklar o'rnidan jilmay aylanadi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Qayd etilgan qaysi hollarda transport vositalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsat etiladi?

Qo'shaloq shinalar orasiga xavf-xatar tug'diruvchi begona jismlar tiqilib qolgan
Shina o'lchamlari yoki cheklangan og'irlik transport vositasining turiga mos kelmaydi
M1; M2, M3 toifali 1 klass avtotransport vositalarining oldingi o'qiga 1 klassda ta'mirlangan shinalar qo'yilganTo'g'ri
Barcha sanab o'tilgan hollarda ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 3-ilovasi 5-Bо'limining 5.7-bandiga asosan: М1, M2, МЗ toifalarni I klassidagi avtotransport vositalarini oldingi o'qiga, МЗ toifani II va III klassidagi avtotransport vositalarini oʻrta va orqa o'qlariga ikkinchi ta'mirlash klassi boʻyicha qayta tiklangan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa foydalanish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →