81

Bilet 81

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Harakatlanishga ruxsat berilgan:

Savol 1
Qizil, ko'k, yashil va sariq avtomobilga
Qizil, sariq va yashil avtomobilga
Qizil va sariq avtomobilgaTo'g'ri

Izoh: YHQ 7-bobi 38-bandi: Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi: qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va oʻng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi; oʻng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi; qo'lini yuqoriga ko'targanda: ushbu Qoidalarning 42-bandida ko'rsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yo'nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi; tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli boʻlgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaxshi ko'rinishi uchun tartibga soluvchi jezl yoki yorug'lik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qo'llashi mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
2

Ushbu belgi ...

Savol 2
Oldinda transport vositalarining tirbandligi haqida ogohlantiradiTo'g'ri
Oldinda harakatlanish serqatnovligi haqida ogohlantiradi
Oldinda transport vositalari orasida xavsfsiz oraliqni ta'minlash haqida ogohlantiradi

Izoh: YHQ, 1.32. “Tirbandlik” belgisi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Quyidagi belgilardan qaysi biri haydovchini boshqa xavf-xatarlar to'g'risida ogohlantiradi?

Savol 3
Faqat «A»
Faqat «Б»
Faqat «B»To'g'ri

Izoh: YHQ, 1.30. "Boshqa xavf-xatarlar”.

Bu savol haqida batafsil →
4

Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning yo'naltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi kimga yo'l berishi kerak?

Qarama-qarshi yo'nalishda to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga
Boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerakTo'g'ri
O'ngdan kelayotgan transport vositalariga

Izoh: YHQ 15-bobi 100-bandi: Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning yo'naltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Yo'l-transport hodisasi - bu ...

Yo'l harakati qatnashchilarining yo'l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo'l harakati holati
Transport vositasining yo'lda harakatlanishi jarayonida ro'y bergan, fuqarolarning halok bo'lishiga yoki sog'lig'iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo'lgan hodisaTo'g'ri

Izoh: YHQ umumiy qoidalar 6 band: Yoʻl-transport hodisasi — transport vositasining yoʻlda harakatlanishi jarayonida roʻy bergan, fuqarolarning halok boʻlishiga yoki sog'lig'iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo'lgan hodisa.

Bu savol haqida batafsil →
6

Avtomobilni qanday boshqarish usuli yonilg'i sarfini tejaydi?

Shiddat bilan tezlanish va ohista (ravon) sekinlashish bilan
Ohista (ravon) tezlanish va ohista (ravon) sekinlashish bilanTo'g'ri
Ohista (ravon) tezlanish va shiddat bilan sekinlashish bilan

Izoh: Avtomobilning tezligini ravon orttirish va uni ohista ravon tormozlash yoqilg'i sarfini tejaydi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Piyodalar o'tish joyi - bu ...

Yo'lning piyodalar harakatlanishi uchun mo'ljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi
Qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maxsus to'siqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun mo'ljallangan yo'l qismi
Yo'l qatnov qismining piyodalar kesib o'tishi uchun mo'ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yo'l belgilari va 1.14.1-1.14.3 yo'l chiziqlari bilan ajratilgan bo'lagiTo'g'ri

Izoh: YHQ umumiy qoidalar 6 band: Piyodalar o'tish joyi — yoʻl qatnov qismining piyodalar kesib o'tishi uchun mo'ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yo'l belgilari va 1.14.1 — 1.14.3 yo'l chiziqlari bilan ajratilgan bo'lagi. Yo'l chiziqlari boʻlmasa, piyodalar o'tish joyining kengligi 5.16.1 va 5.16.2 yo'l belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Moped haydovchilariga ruxsat beriladi:

Barcha sanab o'tilgan hollardaTo'g'ri
Faqat yo'l yoqasidan harakatlanishga, agar piyodalarga halaqit bermasa
Faqat yo'lning chetki o'ng bo'lagi tomonidan bir qator bo'lib harakatlanishga

Izoh: YHQ 28-bobi 166-bandi: Velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yo'lning chetki o'ng bo'lagida imkoni boricha o'ng tomonidan bir qator bo'lib harakatlanishiga yo'l qo'yiladi. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yo'l yoqasidan harakatlanishga ham ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Ushbu yotiq chiziq nimani bildiradi?

Savol 9
Velosiped yo'lkasini
Yo'nalishli taksilar to'xtaydigan joyni
Sun'iy yo'l notekisliginiTo'g'ri

Izoh: YHQ, 1.29 yotiq chiziq «Sun'iy yo'l notekisligi».

Bu savol haqida batafsil →
10

Siz chorrahada chapga burilishda qaysi transport vositasia yo'l berishingiz kerak?

Savol 10
Avtobusga
Hech kimgaTo'g'ri
Yengil avtomobilga

Izoh: YHQ 16-bobi 107-bandi: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda rel’ssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →