91

Bilet 91

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Ushbu vaziyatda siz o'ng tasmada harakatlanmoqdasiz, sizning tasmangizga qayta tizilayotgan transport vositasiga yo'l berishingiz kerakmi?

Savol 1
Kerak emasTo'g'ri
Kerak

Izoh: YHQ 9-bobi 55-bandi: Haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yo'nalishini o'zgartirmasdan harakatlanayotgan yo'lakay transport vositalariga yo'l berishi kerak. Bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganlarida haydovchi o'ng tomondagi transport vositasiga yo'l berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
2

Ushbu yo'l belgisi qaysi transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi?

Savol 2
Ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarini
Barcha javoblari to'g'ri
Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakatlanishiniTo'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.32. «Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan».

Bu savol haqida batafsil →
3

Qaysi belgi to'siqni o'ng yoki chap tomonidan chetlab o'tishga ruxsat etilishini bildiradi?

Savol 3
5To'g'ri
4
1
3
2

Izoh: YHQ 1 ilova: 4.2.3. «To'siqni o'ngdan yoki chapdan chetlab o'tish». To'siqni har tomonidan chetlab o'tishga ruxsat etilishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Bu joyda yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish maqsadida to'xtash mumkinmi?

Savol 4
HaTo'g'ri
Yo'q

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.28. «Toʻxtab turish taqiqlangan». Transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlanishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qizil avtomobil chorrahani nechanchi bo'lib kesib o'tadi?

Savol 5
Oxirgi bo'libTo'g'ri
Ikkinchi bo'lib
Birinchi bo'lib

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada rel’ssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo'nalishidan qat’i nazar, tramvay rel’ssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi. YHQ 16-bobi 106-bandi: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak. YHQ 16-bobi 107-bandi: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda rel’ssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
6

To'xtash qoidasini qaysi transport vositasining haydovchisi buzdi?

Savol 6
Faqat ko'k avtomobil haydovchisi
Har ikkala haydovchi ham
Faqat qizil avtomobil haydovchisiTo'g'ri

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandi: Quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: transport vositasi svetofor ishoralari, yo'l belgilarini boshqa haydovchilardan to'sib qo'yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.

Bu savol haqida batafsil →
7

Ushbu vaziyatda siz:

Savol 7
Belgi oldida to'xtashingiz va svetoforning ruxsat beruvchi ishorasini kutishingiz kerakTo'g'ri
To'xtamasdan harakatni davom ettirishingiz mumkin

Izoh: YHQ 15-bobi 102-bandi: Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qat'i nazar, belgilangan yoʻnalishda harakatini davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanayotgan yo'lida joylashgan svetoforlar oldida to'xtash chiziqlari (yoki 5.33 yo'l belgisi) bo'lsa, u har bir svetofor ishorasiga amal qilishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
8

Sanab o'tilgan qaysi hollarda egiluvchan ulagichda shatakka olish taqiqlanadi?

Kunning qorong'i vaqtida va yetarlicha ko'rinmaslik sharoitida
Faqat tog'li yo'llarda
Faqat sirpanchiq yo'ldaTo'g'ri
Barcha sanab o'tilgan hollarda

Izoh: YHQ 24-bobi 145-bandi: Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: yoʻl yaxmalak, sirpanchiq boʻlgan hollarda egiluvchan ulagichda.

Bu savol haqida batafsil →
9

Qanday hollarda sizga 50 km/s dan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlangan?

Savol 9
Faqat qatnov qismi nam bo'lsaTo'g'ri
Har qanday holatda ham

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.24. «Yuqori tezlik cheklangan». Belgida ko'rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi. 7.16. «Nam qoplama». Belgi qatnov qismining qoplamasi nam boʻlgan vaqtda ta'sir etishini koʻrsatadi.

Bu savol haqida batafsil →
10

«Imtiyoz» atamasiga tegishli ta'rifni ko'rsating.

Yo'l harakati katnashchilariga nisbatan imtiyozi bo'lgan boshqa yo'l harakati katnashchisining harakat yo'nalishi yoki tezligini o'zgartirishga majbur etishi mumkin bo'lgan hollarda harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biror-bir manyovr bajarishi mumkin emasligini bildiruvchi talab
Mo'ljallangan yo'nalishda boshqa yo'l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqiTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Imtiyoz — mo'ljallangan yo'nalishda boshqa yo'l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.

Bu savol haqida batafsil →