Ushbu yo'l nechta qatnov qismiga ega ?

Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: qatnov qismi — yo'lning relssiz transport vositalari harakatlanishi uchun mo'ljallangan qismi.
YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: qatnov qismi — yo'lning relssiz transport vositalari harakatlanishi uchun mo'ljallangan qismi.

Izoh: YHQ 7-bobi 38-bandi: Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi: Qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi. o'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 7-bobi 36-bandi: Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma bo'ylab harakatlanayotgan boshqa yo'nalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun «T» harfi ko'rinishida joylashgan to'rtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qo'llanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o'zida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o'ngdagisi o'ngga, o'rtadagisi to'g'riga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora o'chirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.
Izoh: YHQ 3 ilova: 2.1. Boshqaruv qurilmasidagi lyuft yig'indisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi ko'rsatkichdan katta bo'lmasligi kerak: Transport vositasining toifasi Yo'l qo'yilgan lyuft ko'rsatgichi (gradusda) M1 - 10% M2, M3, N1 - 20% N2, N3 - 25%.

Izoh: YHQ 1 ilova: 2.3.1. «Ikkinchi darajali yo'l bilan kesishuv».
Izoh: Miltillovchi sariq ishora harakatlanishga ruxsat beradi va tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar o'tish joyi borligidan xabardor qiladi, xavf-xatar haqida ogohlantiradi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.4. «Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan». Toʻla vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida koʻrsatilmagan bo'lsa) yoki to'la vazni belgida ko'rsatilgandan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, o'ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi. 3.4 yo'l belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun mo'ljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.42. bandi: «Qizil chiroqda o'ngga harakatlanish». Transport svetofori qizil chirogʻining опд yoniga 5.42 yo'l belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini koʻrgan holda oʻngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yo'nalishi bo'yicha va burilayotgan ko'chani kesib o'tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yoʻl berishlari shart.

Izoh: YHQ 5.19.1 — 5.19.3. «Oxiri berk yo'l». Yo'lning ko'rsatilgan yo'nalishda oxiri berkligini bildiradi.

Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Ajratuvchi mintaqa — yo'lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to'xtashi uchun mo'ljallanmagan, yo'l sathidan ko'tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to'siqlar bilan ajratilgan baland qismi.