
Izoh: YHQ 15-bobi 102-bandi: Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qat'i nazar, belgilangan yoʻnalishda harakatini davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanayotgan yo'lida joylashgan svetoforlar oldida to'xtash chiziqlari (yoki 5.33 yo'l belgisi) bo'lsa, u har bir svetofor ishorasiga amal qilishi shart.