
Izoh: YHQ 1 ilova: 2.1. “Asosiy yo'l”. Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin o'tish huquqini beradi. Belgi asosiy yo'l boshiga va chorrahalarning bevosita oldiga o'rnatiladi. YHQ 16-bobi 104-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat’iy nazar, yo'l berishi kerak.