108

Bilet 108

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Chorrahadan to'g'riga harakatlanmoqchisiz - sizning harakatingiz:

Savol 1
Birinchi o'tamanTo'g'ri
Avtobusga yo'l beraman

Izoh: YHQ 1 ilova: 2.1. “Asosiy yo'l”. Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin o'tish huquqini beradi. Belgi asosiy yo'l boshiga va chorrahalarning bevosita oldiga o'rnatiladi. YHQ 16-bobi 104-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat’iy nazar, yo'l berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
2

Siz chorrahadan chapga burilmoqchisiz, kimga yo'l berishingiz kerak?

Savol 2
Ikkala transportga
TraktorgaTo'g'ri
Birinchi o'tish huquqiga egaman
Mikroavtobusga

Izoh: YHQ 16-bobi 106-bandi: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak. YHQ 16-bobi 107-bandi: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
3

Ushbu joyda quvib o'tishga ruxsat beriladimi?

Savol 3
Ruxsat beriladi
TaqiqlanadiTo'g'ri
Oldindagi transport vositasi tezligi 40km/s dan kam bo'lsa

Izoh: YHQ 2 ilova: 1.1 — qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo'lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo'lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo'lagining chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to'xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo'lning qatnov qismi chegarasini bildiradi; YHQ 12-bobi 86-bandi: Quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tartibga solingan chorrahalarda; tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda; ko'priklarda, yo'l o'tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida; piyodalar o'tish joylarida; temir yo'l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda; quvib yoki aylanib o'tayotgan transport vositalarini; tepalikning oxirida va yo'lning ko'rinishi cheklangan joylarida; 3.20 va 3.22 yo'l belgilari ta’sir oralig'ida.

Bu savol haqida batafsil →
4

Qaysi yo'nalish bo'yicha burilish mumkin?

Savol 4
Faqat «Б»
Ikkala sanab o'tilgan hollarda
Faqat «A»To'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.37. “Reversiv harakatlanish yo'liga chiqish”. YHQ 2 ilova: 1.9 — reversiv harakat tashkil etilgan bo'laklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo'llarda (reversiv svetofori o'chirilgan holatda) qarama-qarshi yo'nalishdagi transport oqimini ajratadi; YHQ 10-bobi 71-bandi: Reversiv harakatlanishli yo'lga burilishda haydovchi transport vositasini shunday boshqarishi kerakki, bunda transport vositasi qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki o'ng qatorni egallashi kerak. Shu yo'nalishdagi boshqa tasmalardan ham harakatlanish ruxsat etilganiga ishonch hosil qilingandan keyingina haydovchiga qayta tizilishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Ushbu transport vositasi qaysi yo'nalishda harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Savol 5
To'g'riga va chapga
Faqat chapga
Faqat chapga va qayrilib olishgaTo'g'ri
Barcha yo'nalishlarga

Izoh: YHQ 2 ilova: Yo'l belgilarining, shu jumladan, vaqtincha yo'l belgilarining va yotiq yo'l chiziqlarining ma’nolari bir-biriga zid kelgan hollarda yoki yo'l chiziqlarini yetarlicha farqlab bo'lmasa, haydovchilar yo'l belgilariga amal qilishlari kerak. YHQ 1 ilova: 5.8.1. “Tasmalar bo'yicha harakat yo'nalishi”. Tasmalar soni va har biri bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishlari. Boshqa yo'nalishlar bo'yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo'lning chetki chap bo'lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Ushbu belgi aholi punktlarida xavfli yo'l qismi boshlanishidan qancha masofa oldin o'rnatiladi?

Savol 6
Xavfli yo'l qismi oldiga o'rnatiladi
150-300 m
50-100 mTo'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 1.1, 1.2, 1.5 — 1.32 ogohlantiruvchi belgilari aholi punktlarida xavfli joydan 50 — 100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr oldin o'rnatiladi. Zaruriyat boʻlganda, bu belgilar 7.1.1 qoʻshimcha axborot belgisida ko'rsatilgan boshqa masofada ham o'rnatilishi mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
7

Qaysi belgilarda oyning juft kunlarida to'xtash mumkin

Savol 7
Chapdagi rasmda
O'ngdagi rasmda
Har ikkisida mumkunTo'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.29. “Oyning toq kunlarida to'xtab turish taqiqlangan” (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo'yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno). YHQ 1 ilova: 3.30. “Oyning juft kunlarida to'xtab turish taqiqlangan” (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo'yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).

Bu savol haqida batafsil →
8

Doimiy va vaqtinchalik yo'l belgilari ma'no jihatidan bir birini inkor etganda qaysi biriga amal qilasiz?

Doimiy yo'l belgisiga
Vaqtinchalik yo'l belgisigaTo'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: Vaqtincha (ko'chma tirgakdagi) va doimiy belgilar ma’no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha o'rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
9

Moped haydovchisi majbur:

Barcha sanab o'tilgan javoblarTo'g'ri
Kunduzgi vaqtda ham yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib yurishi
16 yoshga to'lgan bo'lishi
Motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari

Izoh: YHQ 28-bobi 165-bandi: Yo'lda velosiped, individual harakatlanish vositalarini va aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab o'tish 14 yoshdan kichik bo'lmagan, moped va skuterni boshqarish esa 16 yoshdan kichik bo'lmagan shaxslarga ruxsat etiladi. YHQ 2-bobi 9-bandi: Mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterda harakatlanayotgan haydovchi hamda yo'lovchilar maxsus motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari shart. YHQ 23-bobi 138-bandi: Sutkaning yorug' vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak: mototsikl, elektromototsikl, skuter va mopedlarda.

Bu savol haqida batafsil →
10

Yo'naltirgichlar bilan ko'rsatilgan qaysi yo'nalishlarda harakat ruxsat etilgan?

Savol 10
Faqat to'g'riga va o'ngga
Faqat o'ngga
Barcha yo'nalishlargaTo'g'ri
Faqat to'g'riga
Faqat chapga

Izoh: YHQ 1 ilova: 4.1.4. “Harakatlanish to'g'riga yoki o'ngga”. Faqat belgilarda ko'rsatilgan ko'rsatkichlar yo'nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo'nalishiga tegishli ko'rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo'llash mumkin). 4.1.1 — 4.1.6 belgilarining ta’siri yo'nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. 4.1.1 — 4.1.6 yo'l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o'rnatilsa, belgining ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi. Yo'lning qismi boshlanishida o'rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

Bu savol haqida batafsil →