
Izoh: YHQ 2 ilova: 1.1 — qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo'lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo'lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo'lagining chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to'xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo'lning qatnov qismi chegarasini bildiradi; YHQ 12-bobi 86-bandi: Quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tartibga solingan chorrahalarda; tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda; ko'priklarda, yo'l o'tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida; piyodalar o'tish joylarida; temir yo'l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda; quvib yoki aylanib o'tayotgan transport vositalarini; tepalikning oxirida va yo'lning ko'rinishi cheklangan joylarida; 3.20 va 3.22 yo'l belgilari ta’sir oralig'ida.