
Izoh: YHQ 1 ilova: 3.29. “Oyning toq kunlarida to'xtab turish taqiqlangan” (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo'yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno). YHQ 1 ilova: 3.30. “Oyning juft kunlarida to'xtab turish taqiqlangan” (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo'yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).