❓ YHQ Savoli

Haydovchiga belgilangan trayektoriya bo'yicha harakatlanib, manyovrlar bajarishga ruxsat berilganmi?

Savol 3 rasmi
Ikkovi bo'yicha ham ruxsat etilgan
«Б» bo'yicha ruxsat etilgan
«A» bo'yicha ruxsat etilgan

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining yettinchi, sakkizinchi va o'ttiz beshinchi xatboshlariga asosan: 1.5 — ikki yoki uch tasmali yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan ikki yoki undan ko'proq tasmali yo'llarda tasmalarning chegaralarini va bir yo'nalishdagi harakatlanish bo'lagi bilan velosiped bo'lagi chegarasini bildiradi; 1.6 (yaqinlashish chizig'i — har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo'lgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi; YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining o'ttiz beshinchi xatboshisiga asosan: 1.2, 1.5 — 1.8 chiziqlarini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.