11

Bilet 11

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Avtomobil qaysi yo'nalishlarda harakatlanishi mumkin?

Savol 1
To'xtash va svetoforning yashil chirog'ini kutish
Barcha yo'nalishlar bo'yichaTo'g'ri
Faqat o'ngga
Faqat to'g'riga

Izoh: YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining oʻng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Bu belgi nimani bildiradi?

Savol 2
Bir tomonlama harakatli yo'l qatnov qismi tamom bo'lganligini bildiradi
Ro'paradan kelayotgan transport vositalariga nisbatan birinchi o'tish huquqini beradi
Haydovchi ro'paradan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerakTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 2-bo'limining o'ninchi xatboshisiga asosan: 2.6. «Ro'para harakatlanishning ustunligi». Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo'lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yoʻlning tor qismida bo'lgan yoki ro'paradan unga yaqin bo'lgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
3

Haydovchiga belgilangan trayektoriya bo'yicha harakatlanib, manyovrlar bajarishga ruxsat berilganmi?

Savol 3
Ikkovi bo'yicha ham ruxsat etilganTo'g'ri
«Б» bo'yicha ruxsat etilgan
«A» bo'yicha ruxsat etilgan

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining yettinchi, sakkizinchi va o'ttiz beshinchi xatboshlariga asosan: 1.5 — ikki yoki uch tasmali yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan ikki yoki undan ko'proq tasmali yo'llarda tasmalarning chegaralarini va bir yo'nalishdagi harakatlanish bo'lagi bilan velosiped bo'lagi chegarasini bildiradi; 1.6 (yaqinlashish chizig'i — har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo'lgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi; YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining o'ttiz beshinchi xatboshisiga asosan: 1.2, 1.5 — 1.8 chiziqlarini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
4

Ushbu svetofor qaysi yo'nalishda harakatlanishni taqiqlaydi?

Savol 4
To'g'riga va chapga
To'g'riga va o'ngga
Faqat chapgaTo'g'ri
Faqat o'ngga

Izoh: YHQ 7-bobi 36-bandiga asosan: Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma bo'ylab harakatlanayotgan boshqa yo'nalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun “T” harfi ko'rinishida joylashgan to'rtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qo'llanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o'zida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o'ngdagisi o'ngga, o'rtadagisi to'g'riga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora o'chirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qizil avtomobil:

Savol 5
Chorrahaga o'ng tomondan yaqinlashib kelgan ko'k avtomobilga yo'l berishi kerak
Ko'k avtomobilga nisbatan ustunlikka ega, chunki asosiy yo'ldan ketmoqda
Ko'k avtomobilga nisbatan ustunlikka ega, chunki aylanma harakatli yo'ldan ketmoqdaTo'g'ri

Izoh: YHQ 14-bobi 98-bandi: Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.

Bu savol haqida batafsil →
6

Yetarli ko'rinmaslik sharoitida yo'lning yoritilmagan qismida to'xtagan yoki to'xtab turgan mexanik transport vositasining haydovchisi bajarishi kerak:

Faralarning uzoqni yoritish chiroqlarini yoqishi
Gabarit chiroqlarini yoqishiTo'g'ri
Tumanga qarshi faralarni yoki yaqinni yoritish faralarini yoqishi

Izoh: YHQ 23-bobi 136-bandiga asosan: Qorong'i vaqtda yo'lning yoritilmagan qismida, shuningdek yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda to'xtagan yoki to'xtab turgan transport vositasida gabarit chiroqlari yoqilgan bo'lishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
7

Transport vositasi qachon faqat o'ng chetki qatoridan harakatlanishi kerak?

Agar haydovchi o'zini betob his qilsa
Og'ir vaznli va yirik o'lchamli yuklarni tashishda
Transport vositasi texnikaviy sabablarga ko'ra 40 km/s.dan ortiq tezlikda yura olmasaTo'g'ri
Agar harakatlanish vaqtida mahkamlangan yuk bo'shashib ketsa

Izoh: YHQ 10-bobi 68-bandiga asosan: Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin bo'lmagan yoki texnik sabablarga ko'ra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib o'tish, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yo'lning chap tomonida to'xtashdan boshqa hollarda faqat chetki o'ng qatorida harakatlanishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
8

Ogohlantirish ishorasini berish haydovchiga birinchi harakatlanish huquqini beradimi?

BermaydiTo'g'ri
Hamma hollarda beradi
Manyovrni tugatish vaqtida beradi
Manyovrni boshlash vaqtida beradi

Izoh: YHQ 8-bobi 46-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin o'tish huquqini bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini koʻrish mas'uliyatidan ozod etmaydi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Qoidalarga ko'ra shatakka olish vaqtida bir-biriga ulangan transport vositalari tarkibining qanday umumiy uzunligiga yo'l qo'yiladi?

22 m
24 m
21 m
23 m
20 mTo'g'ri

Izoh: YHQ 24 bobi 145-bandning 3-xatboshiga asosan, Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno); ikki va undan ko'p transport vositalarini; shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan ortiq bo'lsa.

Bu savol haqida batafsil →
10

Qoidalar bo'yicha necha yoshdan boshlab yengil avtomobilni boshqarishga ruxsat etiladi?

14 yoshdan
18 yoshdanTo'g'ri
16 yoshdan

Izoh: YHQ 25-bobi 149-bandiga asosan: O'rganuvchi oʻquv muddati yakunida «A» toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo'lishi uchun — 16 yoshga, «V» va «S» toifalari uchun — 18 yoshga, «D» toifasi hamda tramvay va trolleybuslarni boshqarish uchun 21 yoshga toʻlgan bo'lishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →