❓ YHQ Savoli

Transport vositasi qachon faqat o'ng chetki qatoridan harakatlanishi kerak?

Agar haydovchi o'zini betob his qilsa
Og'ir vaznli va yirik o'lchamli yuklarni tashishda
Transport vositasi texnikaviy sabablarga ko'ra 40 km/s.dan ortiq tezlikda yura olmasa
Agar harakatlanish vaqtida mahkamlangan yuk bo'shashib ketsa

Izoh: YHQ 10-bobi 68-bandiga asosan: Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin bo'lmagan yoki texnik sabablarga ko'ra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib o'tish, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yo'lning chap tomonida to'xtashdan boshqa hollarda faqat chetki o'ng qatorida harakatlanishlari kerak.