
Izoh: YHQ 13-bobi 88-bandi: Aholi punktlarida o'rtada tramvay yo'li bo'lmagan, har yo'nalishda bittadan tasmasi bo'lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo'llarda yo'lning chap tomonida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi. YHQ 17.1-bobi 115.1-bandi: Yo'nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo'ldan yo'nalishli jamoat transporti vositalari harakatlanishi mumkin va boshqa transport vositalari ushbu yo'lakda harakatlanishi taqiqlanadi, bundan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari mustasno.