110

Bilet 110

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Qaysi transport vositasining haydovchisi aholi punktlarida to'xtash qoidasini buzmoqda?

Savol 1
Sariq avtomobil haydovchisi
Har ikkisi buzdi
Ko'k avtomobil haydovchisi
Har ikkisi buzmadiTo'g'ri

Izoh: YHQ 13-bobi 88-bandi: Aholi punktlarida o'rtada tramvay yo'li bo'lmagan, har yo'nalishda bittadan tasmasi bo'lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo'llarda yo'lning chap tomonida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi. YHQ 1 ilova: 7.18. “Nogironlar mustasno”. Belgilarning ta’siri ushbu Qoidalarning 175-bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi o'rnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Yo'naltirgichlar bilan ko'rsatilgan qaysi yo'nalishlarda harakat ruxsat etilgan?

Savol 2
Faqat to'g'riga
Faqat chapga
Barcha yo'nalishlarga
Faqat o'ngga
Faqat to'g'riga va chapgaTo'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to'g'riga”. Faqat belgilarda ko'rsatilgan ko'rsatkichlar yo'nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo'nalishiga tegishli ko'rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo'llash mumkin). 4.1.1 — 4.1.6 belgilarining ta’siri yo'nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. 4.1.1 — 4.1.6 yo'l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o'rnatilsa, belgining ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi. Yo'lning qismi boshlanishida o'rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Qaysi transport vositalariga yo'lovchilarni tushurishga ruxsat etiladi?

Savol 3
«Б»
«В»
«А»To'g'ri
Hech qaysi biriga

Izoh: YHQ 13-bobi 88-bandi: Aholi punktlarida o'rtada tramvay yo'li bo'lmagan, har yo'nalishda bittadan tasmasi bo'lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo'llarda yo'lning chap tomonida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi. YHQ 17.1-bobi 115.1-bandi: Yo'nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo'ldan yo'nalishli jamoat transporti vositalari harakatlanishi mumkin va boshqa transport vositalari ushbu yo'lakda harakatlanishi taqiqlanadi, bundan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari mustasno.

Bu savol haqida batafsil →
4

Ushbu yotiq yo'l chizig'i qaysi guruh yo'l belgilarini takrorlaydi?

Savol 4
Axborot-ko'rsatgich belgilarni
Imtiyoz belgilarni
Taqiqlovchi belgilarni
Ogohlantiruvchi belgilarniTo'g'ri

Izoh: YHQ 2 ilova: 1.27 — ogohlantiruvchi yo'l belgilarini takrorlovchi yo'l chizig'i; YHQ 1 ilova: 1.18.1 — 1.18.3. “Yo'lning torayishi”. 1.18.1 — ikki tomonlama torayish; 1.18.2 — o'ngga torayish va 1.18.3 — chapga torayishni bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Velosiped yo'lkasi bilan kesishuvga qanchadan kam masofa qolganda to'xtash taqiqlanadi?

30 metr
15 metr
10 metrTo'g'ri

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandi: Quyidagilarda to'xtash taqiqlanadi: velosiped yo'lkasi bilan kesishuvda va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda;

Bu savol haqida batafsil →
6

Qizil avtomobil haydovchisi qaysi yo'nalishlarda harakatlanishiga ruxsat berilgan?

Savol 6
Faqat chapga
To'g'riga va chapga
Chapga va qayrilib olishgaTo'g'ri

Izoh: YHQ 2 ilova: Yo'l belgilarining, shu jumladan, vaqtincha yo'l belgilarining va yotiq yo'l chiziqlarining ma’nolari bir-biriga zid kelgan hollarda yoki yo'l chiziqlarini yetarlicha farqlab bo'lmasa, haydovchilar yo'l belgilariga amal qilishlari kerak. YHQ 1 ilova: 5.8.1. “Tasmalar bo'yicha harakat yo'nalishi”. Tasmalar soni va har biri bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishlari. Boshqa yo'nalishlar bo'yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo'lning chetki chap bo'lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Ushbu transport vositasi qaysi yo'nalishda harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Savol 7
To'g'riga va o'ngga
Barcha yo'nalishlarga
Faqat to'g'riga
Faqat to'g'riga va qayrilib olishgaTo'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.18.2. “Chapga burilish taqiqlanadi”.

Bu savol haqida batafsil →
8

Ushbu vaziyatda haydovchilar birinchi temir yo'l iziga eng kamida necha metr qolganda to'xtashlari kerak?

Savol 8
5 metr
10 metrTo'g'ri
3 metr

Izoh: YHQ 18-bobi 119-bandi: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to'xtash chizig'i, 2.5 yo'l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo'lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum bo'lmaganda esa birinchi temir yo'l iziga kamida 10 metr qolganda to'xtashi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
9

Kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlar qaysi javobda ko'rsatilgan?

Savol 9
2 va 3
3
4To'g'ri
2
1

Izoh: YHQ 1 ilova: 1.25.3. “Kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlar”

Bu savol haqida batafsil →
10

Qaysi belgi piyodalar o'tish joyini bildiradi?

Savol 10
«В»
«Б»To'g'ri
«А»

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.16.1, 5.16.2. “Piyodalar o'tish joyi”. o'tish joyi oldida 1.14.1-1.14.2 yotiq chizig'i bo'lmaganda 5.16.2 belgisi yo'ldan o'ng tomonga o'tish joyining old chegarasiga, 5.16.1 belgisi esa chap tomonga o'tish joyining orqa chegarasiga o'rnatiladi.

Bu savol haqida batafsil →