❓ YHQ Savoli

Qaysi avtomobil haydovchisiga burilishga ruxsat etilgan?

Savol 4 rasmi
Har ikkisiga taqiqlangan
Oq avtomobil haydovchisiga
Qizil avtomobil haydovchisiga
Har ikkisiga ruxsat etilgan

Izoh: YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to'g'riga”. Faqat belgilarda ko'rsatilgan ko'rsatkichlar yo'nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo'nalishiga tegishli ko'rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo'llash mumkin). 4.1.1 — 4.1.6 belgilarining ta’siri yo'nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. 4.1.1 — 4.1.6 yo'l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o'rnatilsa, belgining ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi. Yo'lning qismi boshlanishida o'rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.