111

Bilet 111

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Ko'k rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalari va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan maxsus transport vositasi chorrahani nechanchi bo'lib kesib o'tadi?

Savol 1
Oxirgi
BirinchiTo'g'ri
Ikkinchi

Izoh: YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan:Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi rasmdagi haydovchilar to'xtash qoidasini buzdilar?

Savol 2
3
1,2
1
2
1,3To'g'ri

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan: toʻxtagan transport vositasi bilan sidirg'a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo'lgan joylarda.

Bu savol haqida batafsil →
3

Ushbu transport vositasiga chorraha orqali qaysi yo'nalishlar bo'yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?

Savol 3
Barcha yo'nalishlargaTo'g'ri
Faqat to'g'riga
Faqat o'ngga
Faqat chapga va qayrilib olishga
Faqat to'g'riga va o'ngga

Izoh: YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to'g'riga”. Yo'lning qismi boshlanishida o'rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Qaysi avtomobil haydovchisiga burilishga ruxsat etilgan?

Savol 4
Har ikkisiga taqiqlanganTo'g'ri
Oq avtomobil haydovchisiga
Qizil avtomobil haydovchisiga
Har ikkisiga ruxsat etilgan

Izoh: YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish to'g'riga”. Faqat belgilarda ko'rsatilgan ko'rsatkichlar yo'nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo'nalishiga tegishli ko'rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo'llash mumkin). 4.1.1 — 4.1.6 belgilarining ta’siri yo'nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. 4.1.1 — 4.1.6 yo'l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o'rnatilsa, belgining ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi. Yo'lning qismi boshlanishida o'rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Ushbu belgi qanday nomlanadi?

Savol 5
Yer osti avtomobil qo'yish joyi
Yer usti avtomobil qo'yish joyi
Pullik to'xtab turish joyiTo'g'ri
To'xtab turish joyi

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.15.1. “Pullik to'xtab turish joyi”.

Bu savol haqida batafsil →
6

Qaysi rasmlarda quvib o'tish ko'rsatilgan?

Savol 6
Barcha rasmlarda
Fagat birinchi rasmda
Faqat birinchi, ikkinchi va to'rtinchi rasmlarda
Fagat birinchi va uchinchi rasmlarda
Faqat birinchi va ikkinchi rasmlardaTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: Quvib oʻtish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan tasmaga chiqib, soʻngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o'tish bilan bogʻliq bo'lgan o'zib ketish.

Bu savol haqida batafsil →
7

Qaysi rasmda piyodalarning tashkiliy jamlanmasi yo'lning qatnov qismida qoidani buzmay harakatlanmoqda?

Savol 7
2
1To'g'ri
1,2

Izoh: YHQ 4-bobi 16-bandiga asosan:Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga yo'lning qatnov qismida bir qatorda to'rt kishidan ortiq bo'lmasdan, faqat transport vositalarining harakat yo'nalishi bo'ylab o'ng tomondan harakatlanishga ruxsat etiladi. Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, sutkaning qorong'i vaqtida yoki yetarlicha ko'rinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq ko'targan kuzatuvchilar bo'lishi shart. Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo'lkalaridangina, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqasidan faqat sutkaning yorug' vaqtida va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Asosiy yo'l:

Savol 8
Yuqoridagi ikkala rasmdaTo'g'ri
Faqat yuqori chapdagi rasmda
Barcha rasmlarda
Faqat yuqori o'ngdagi rasmda

Izoh: YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: asosiy yo'l — tuproqli yoki shag'alli yo'lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga o'xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yo'lga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yo'l belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo'lga nisbatan har qanday yo'l. Ikkinchi darajali yo'lning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo'lishi uni asosiy yo'l bilan teng huquqli qilmaydi;

Bu savol haqida batafsil →
9

Ushbu qo'shimcha axborot belgisi qaysi yo'l belgisi bilan qo'llaniladi?

Savol 9
4To'g'ri
1
2
3

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.15.4 Elektr quvvatlashli avtomobil qo'yish joyi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Ushbu transport vosita qaysi toifaga kiradi?

Savol 10
N1
M1To'g'ri
O1
M2

Izoh: YHQ 3 ilova: 7.22. M1 toifasi — yo'lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o'rindig'idan tashqari o'rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari.

Bu savol haqida batafsil →