
Izoh: YHQ 1 ilova: Qo'shimcha axborot belgilari: 7.2.1. “Ta'sir oralig‘i”. Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko'rsatkich belgilarining ta'sir oralig‘ini ko'rsatadi. 7.5.4. “Amal qilish vaqti”. Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni ko'rsatadi. Axborot-ko'rsatgich belgilari: 5.33. “To'xtash chizig‘i”. Svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari to'xtaydigan yo'nalishini bildiradi. 5.22. “Aholi punktining boshlanishi”. Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.