Ushbu belgi qanday nomlanadi?

Izoh: YHQ 4 ilova: Xavflilik belgilari: Organik peroksidlar
YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

Izoh: YHQ 4 ilova: Xavflilik belgilari: Organik peroksidlar

Izoh: YHQ 17-bobi 109-bandiga asosan: Tartibga solinmagan piyodalar o'tish joyiga yaqinlashayotgan transport vositasining haydovchisi qatnov qismining SHU YO'NALISHINI kesib o'tayotgan piyoda(lar)ni o'tkazib yuborish uchun tezligini kamaytirishi yoki to'xtashi shart. (piyoda qatnav qismining QARAMA-QARSHI tomonida bo'lganligi uchun haydavchi to'xtashi shart EMAS)

Izoh: YHQ 1 ilova: Qo'shimcha axborot belgilari: 7.2.1. “Ta'sir oralig‘i”. Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko'rsatkich belgilarining ta'sir oralig‘ini ko'rsatadi. 7.5.4. “Amal qilish vaqti”. Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni ko'rsatadi. Axborot-ko'rsatgich belgilari: 5.33. “To'xtash chizig‘i”. Svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari to'xtaydigan yo'nalishini bildiradi. 5.22. “Aholi punktining boshlanishi”. Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat’iy nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g‘riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.
Izoh: YHQ 1 ilova: Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, qatnov qismlari kesishgan joylarda, yo'lning tor qismlarida harakatlanish navbatini belgilaydi.

Izoh: YHQ 9-bobi 61-bandiga asosan: Sekinlashish bo'lagi bor bo'lgan yo'lda burilmoqchi bo'lgan haydovchi o'z vaqtida ushbu tasmaga qayta tizilishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak. Yo'lga chiqish joyida tezlashish bo'lagi bo'lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo'shni tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berib, transport oqimiga qo'shilishi kerak. YHQ 2 ilova: 1.8 (enli uzuq-uzuq chiziq) — tezlashish yoki sekinlashish bo'lagi bilan yo'lning qatnov qismidagi asosiy bo'lagi o'rtasidagi chegarani bildiradi (chorrahalarda, yo'lning turli sathda kesishgan qismlarida, avtobuslar to'xtaydigan joylarda va boshqalar); YHQ 1 ilova: 5.8.3. “Tasmaning boshlanishi”. Yo'lning sekinlashish bo'lagi yoki balandlikka ko'tarilishdagi qo'shimcha tasmaning boshlanish qismi.

Izoh: YHQ 9-bobi 56-bandiga asosan: Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o'ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo'nalishda harakatlanishi uchun mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining ta'siri belgi o'rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular bo'lmaganda — aholi punktining oxirigacha ta'siri qiladi. Aholi punktlariga yetmasdan o'rnatilgan 3.24 belgisining ta'siri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi. 5.23. “Aholi punktining oxiri”. Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartib-talablari bekor qilingan joyni bildiradi. 3.25. “Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri”. 3.31. “Barcha cheklovlarning oxiri”. 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan hududlarning oxiri.

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan: Quyidagilarda to'xtash taqiqlanadi: transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki o'tib

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.11.1. “Qayrilib olish joyi”. Chapga burilish taqiqlanadi.