
Izoh: YHQ 9-bobi 61-bandiga asosan: Sekinlashish bo'lagi bor bo'lgan yo'lda burilmoqchi bo'lgan haydovchi o'z vaqtida ushbu tasmaga qayta tizilishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak. Yo'lga chiqish joyida tezlashish bo'lagi bo'lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo'shni tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berib, transport oqimiga qo'shilishi kerak. YHQ 2 ilova: 1.8 (enli uzuq-uzuq chiziq) — tezlashish yoki sekinlashish bo'lagi bilan yo'lning qatnov qismidagi asosiy bo'lagi o'rtasidagi chegarani bildiradi (chorrahalarda, yo'lning turli sathda kesishgan qismlarida, avtobuslar to'xtaydigan joylarda va boshqalar); YHQ 1 ilova: 5.8.3. “Tasmaning boshlanishi”. Yo'lning sekinlashish bo'lagi yoki balandlikka ko'tarilishdagi qo'shimcha tasmaning boshlanish qismi.