
Izoh: YHQ 9-bobi 59-bandiga asosan: Chorrahadan tashqarida qayrilib olishda, agar qatnov qismining kengligi manyovrni chetki chap holatdan bajarish uchun YETARLI BO'LMASA, uni qatnov qismining o'ng chetidan (o'ng yo'l yoqasidan) amalga oshirishga yo'l qo'yiladi. Bu holda haydovchi shu yo'nalishdagi va qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalariga yo'l berishi shart. YHQ 2 ilova: 1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo'l qismlarida, bir yo'nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, to'xtash maydonchalari va shunga o'xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo'nalishda ruxsat etilganligini ko'rsatadi;