❓ YHQ Savoli

Agar yo'l belgilari va chiziqlari boshqa yo'nalishni ko'rsatmagan bo'lsa, haydovchilar ajratuvchi bo'lagi bo'lmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo'llardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yo'l inshooti qismlari (ko'prik, yo'l o'tkazgich ustunlari va shunga o'xshashlar)ni qaysi tomonidan o'tishi kerak?

O'ng va chap tomondan
O'ng tomondan
Chap tomondan

Izoh: YHQ 10-bobi 76-bandiga asosan: Agar yo'l belgilari va chiziqlari boshqa yo'nalishni ko'rsatmagan bo'lsa, haydovchilar ajratuvchi bo'lagi bo'lmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo'llardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yo'l inshooti qismlari (ko'prik, yo'l o'tkazgich ustunlari va shunga o'xshashlar)ni o'ng tomondan aylanib o'tishlari kerak.