Izoh: Jgut qo'yilishi deyarli barcha hollarda arterial qon ketishini toʻxtatadi. Arterial qon ketishini toʻxtatish uchun jgut avtomobilning tibbiy qutichasida ham mavjud. Jgut bo'lmagan hollarda kamar, belbog', podtyajkalar va boshqa shunga o'xshash vositalar qo'llanilishi mumkin. Jgut qo'l yoki oyoqqa qon ketish joyidan yuqoriroq joyga ikki – uch marta aylantirib, faqat kiyim ustidan qo'yiladi yoki uning tagiga bir necha qatlamdan iborat (dast) roʻmol, sochiq yoxud boshqa gazlamadan astar qo'yiladi. Jgut cho'zib mahkamlanadi va qon ketishi toʻxtagan vaqtdan so'ng, cho'zishdan to'xtatiladi. Jgutga u qo'yilgan vaqtni ko'rsatuvchi kichik qaydnoma qistirib qo'yiladi.
❓ YHQ Savoli