Izoh: YHQ 19-bobi 121-bandi: Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, skuterlar, mopedlar, traktorlar va o'ziyurar uskunalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi; yuk avtomobillariga yo'lning chetki chap qatorida harakatlanishi; 5.15 yoki 6.11 yo'l belgilari bilan belgilangan maxsus to'xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to'xtash; ajratuvchi mintaqaning texnologik uzilish joylariga kirish va ularda qayrilib olish; orqaga harakatlanish; transport vositasini o'rganish uchun boshqarish.
❓ YHQ Savoli