Yoqilgan zarg'aldoq rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha harakatlanish uchun imtiyoz beradimi?
Izoh: YHQ 6-bobi 28-bandiga asosan: Zarg'aldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar transport vositalarida quyidagi hollarda yoqilgan bo'lishi kerak: yoʻlda qurilish, ta'mirlash yoki tozalash ishlari olib borilayotganda, shuningdek, shikastlangan, nosoz transport vositalarini ortishda, tashishda; yo'l harakatida qatnashayotgan, gabarit o'lchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq bo'lgan, shuningdek, og'ir vazn va katta hajmli hamda xavfli yuklarni tashiyotgan transport vositalarini kuzatib borishda; portlovchi, tez alangalanadigan, radioaktiv moddalarni va zaharli darajasi o'ta yuqori bo'lgan moddalarni tashishda; umumiy foydalanishdagi transport vositasi yo'llarida velosipedchilarning tashkiliy jamlanmasini kuzatib borishda. Yoqilgan zarg'aldoq va (yoki) sariq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va yo'l harakatining boshqa qatnashchilarini faqat xavf haqida ogohlantiradi.



