❓ YHQ Savoli

Qaysi transport vositasining haydovchisi birinchi navbatda harakatlanish ustunligiga ega?

Savol 1 rasmi
Yo'l xizmati mashinasining haydovchisi
Yengil avtomobil haydovchisi

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. YHQ 6-bobi 29-bandiga asosan: Zarg'aldoq yoki sariq rangli chiroq-mayoqchasi yoqilgan transport vositalarining haydovchilari yoʻl qurilishi, ta'mirlanishi va tozalanishi jarayonida hamda texnik shikastlangan, nosoz bo'lgan, shuningdek qonunda koʻzda tutilgan hollarda boshqa transport vositalarini ortishda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning yo'l belgilari (2.2, 2.4 — 2.6, 3.11 — 3.14, 3.17.2, 3.20 yo'l belgilaridan tashqari), yoʻl chiziqlari hamda 67 — 71 va 121-bandlari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.