
Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining oʻn uchinchi xatboshisiga asosan: 1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yoʻl qismlarida, bir yo'nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, toʻxtash maydonchalari va shunga o'xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo'nalishda ruxsat etilganligini koʻrsatadi; YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oʻttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 1.11 chizig'ini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirg'a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib oʻtishni tugatayotganda bosib o'tishga ruxsat etiladi.