❓ YHQ Savoli

Jihozlangan bekatlari bo'lmagan tramvay to'xtash joylarida unga chiqish uchun qachon qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi?

Agar qatnov qismida transport vositalari yo'q bo'lsa, tramvay yaqinlashib kelganda
Tramvay yaqinlashib kelganda
Har qanday holda
Tramvay to'la to'xtagandan so'ng

Izoh: YHQ 4-bobi 22-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Yo'nalishli transport vositalarini faqat qatnov qismidan baland joylashgan kutish maydonchalarida, ular boʻlmaganda esa, trotuar yoki yo'l yoqasida kutishlari kerak. Qatnov qismidan baland joylashgan maydonchalar bilan jihozlanmagan bekatlarda yo'nalishli transport vositalari to'la to'xtagandan soʻng unga chiqish uchun qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi. Undan tushgandan keyin ushlanib qolmasdan qatnov qismini bo'shatishlari shart.