❓ YHQ Savoli

Ushbu joyda avtomobilning to'xtab turishiga ruxsat etiladimi?

Savol 8 rasmi
Taqiqlanadi
Ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 13-bobi 88-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Aholi punktlarida o'rtada tramvay yo'li bo'lmagan, har yo'nalishda bittadan tasmasi bo'lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo'llarda yo'lning chap tomonida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi. YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan: Quyidagilarda to'xtash taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo'lning sidirg'a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);