Transport vositalari ixtiyoriga berilgan vakolatnomasi bo'lgan shaxs o'zining ishtirokida transport vositasini boshqa shaxsga boshqarishni topshirishi mumkinmi?
Izoh: YHQ 2-bobi 8-bandiga asosan: Tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga, uning taloniga, vaqtinchalik ruxsatnomaga ega bo'lgan shaxs, oʻziga tegishli bo'lmagan transport vositasini, uning egasi yonida boʻlganida yoxud tasarruf etish huquqini beruvchi yoki egalik qilishga, foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo'lgan shaxs ishtirokidagina (ularning roziligi bilan) boshqarishi mumkin, agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish boʻyicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanilishini hisobga olgan holda tuzilgan yoki transport vositasini boshqarayotgan shaxs sug'urta polisida koʻrsatilgan bo'lsa.




