
Izoh: YHQ 6-bobi 25-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Ko'k yoki ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchasi yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7 bob (38-bandidan tashqari), 9-16, 19-20 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Yo'l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan imtiyozga ega bo'lishi uchun tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarida, tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishora yoqilgan bo'lishi shart. Ular o'zlariga yo'l berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan so'nggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.