❓ YHQ Savoli

Bu yo'l chizig'i nimani bildiradi?

Savol 3 rasmi
Qatnov qismining torayishiga yoki qarama-qarshi yo'nalishdan kelayotgan transport oqimini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashayotganini
Yakka 40 km/soatdan kam tezlik bilan harakat qiluvchi ikki g'ildirakli mototsikllar, velosipedchilardan tashqari barcha transport vositalarini quvib o'tishni taqiqlovchi hududni
Faqat belgilangan yo'nalishdagi transport vositalari harakati uchun mo'ljallangan qatnov qismining bo'lagini

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining yigirma uchinchi xatboshisiga asosan: 1.19 — qatnov qismining toraygan (shu yoʻnalishdagi harakatlanish tasmalarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yo'nalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 — 1.18.3 belgilari bilan qo'llanilishi mumkin.