Izoh: Keskin tormoz berish – bu birdan paydo bo'lgan yoki kech koʻrib qolingan to'siqqa kelib urilishining oldini olish uchun katta intensivlik (jadallik) bilan tormoz berish tushuniladi. Shu bois, masalan yosh bolaning yoʻlda birdan paydo bo'lish ehtimolini inobatga olgan holda haydovchi keskin tormoz berish vaqtida o'zini qanday tuta olishini bilishi lozim. Bunda quyidagi usullar mavjud: rul chambaragini ikki qo'lingiz bilan mahkam ushlang, avtomobil g'ildiraklarini blokirovka qilman chunki g'ildiraklarning uzunasiga sirpanishi tormoz yo'lini qisqartirmaydi; harakatda toʻxtab turish tormozini qo'llamang, chunki bu hol orqa g'ildiraklarning sirpanishini kuchaytirishi mumkin. Tormoz tepkisini qattiq (shiddat bilan emas) va ravon, shinaning yoʻlga nisbatan ilashishiga qarab, kuchaytirish bosish lozim. Keskin tormoz berish vaqtida ham avtomobil ustidan nazoratni yo'qotmang.
❓ YHQ Savoli