❓ YHQ Savoli

Haydovchi avtopoyezd harakatining eng keng bo'lagini aniqlashda nimani hisobga olishi kerak?

Kengligi bo'yicha transport vositasining o'lchamlarini, shuningdek, tirkamaning chayqalishini hamda uning burilish markaziga siljishini
Faqat kengligi bo'yicha avtopoyezdning o'lchamlarini

Izoh: Yakka avtomobil boshqarishning barcha uslublari avtopoezd uchun qo'llanilishi mumkin, biroq uning katta vazni va gabaritlari (tashqi oʻlchami) bois bir qator xossalar bor. Avtopoezd - bu bitta yarim tirkama yoxud bir yoki bir necha tirkamali shatakchi transport vositasidir. Harakat vaqtida tirkama doim shatakchi avtomobilning harakat yo'lidan chetga siljib turadi va quvib oʻtish hamda qarama-qarshi yo'nalishdagi harakat uchun xavf-xatar tug'diradi. Avtopoezdning manyovr qilishi yakka avtomobilga nisbatan yomonroq. Burilish vaqtida avtopoezd burilish markazi tomon siljiyda va avtopoez harakat bo'lagi kengayishini haydovchi inobatga olishi lozim.