❓ YHQ Savoli

Siz reversiv harakatli yo'lga burilmoqchisiz. Burilishdan keyin Siz qaysi tasma bo'ylab harakatlanish huquqiga egasiz?

Aholi punktidan tashqarida qatnov qismining iloji boricha o'ng chetiga yaqinroqda
Aholi punktlarida istalgan tasma bo'ylab harakatlanishga ruxsat etiladi
Chetki o'ng tasma bo'ylab faqat reversiv svetofor yoki boshqa tasmalar bo'yicha ham harakatlanishga ruxsat etadigan «Tasmalar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi» belgisidan o'tgandan so'ng qayta tizilishga ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 10-bobi 71-bandiga asosan: Reversiv harakatlanishli yo'lga burilishda haydovchi transport vositasini shunday boshqarishi kerakki, bunda transport vositasi qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki o'ng qatorni egallashi kerak. Shu yo'nalishdagi boshqa tasmalardan ham harakatlanish ruxsat etilganiga ishonch hosil qilingandan keyingina haydovchiga qayta tizilishga ruxsat etiladi.