33

Bilet 33

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Yo'lovchilarga haydovchi transport vositasini boshqarayotganda, uni chalg'itishga ruxsat etiladimi?

Belgilangan yo'nalishdagi transport vositalarida faqat bir martalik chiptalar sotib olish uchun ruxsat etiladi
TaqiqlanadiTo'g'ri
Ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 5-bobi 24-bandining birinchi xatboshisiga asosan, yo'lovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg'itish va unga xalaqit berish.

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi transport vositalariga ushbu belgining amal qilishi taaluqli emas

Savol 2
Belgilangan yo'nalishdagi transport vositalariga
F2 va F3 javoblarda ko'rsatilgan transport vositalarigaTo'g'ri
«Nogiron» taniqlik belgisi o'rnatilgan nogiron boshqarayotgan avtomobilga
Yo'nalishli taksilarga
Taksometri ishlab turgan taksilarga

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining o'ttiz ikkinchi, qirqinchi va qirq birinchi xatboshlariga asosan: 3.28. «To'xtab turish taqiqlangan». Transport vositalarining to'xtab turishi taqiqlanishini bildiradi. Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan “Nogiron” tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi bo'lganda 3.27 belgisining ta’sir doirasida to'xtashga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Haydovchilardan qay biri yo'lovchilarni tushirish uchun to'g'ri to'xtadi?

Savol 3
Ko'k va qizil avtomobillarning haydovchilari
Faqat ko'k avtomobil haydovchisi
Barcha haydovchilar
Mototsikl va ko'k avtomobil haydovchilariTo'g'ri

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oltinchi, oʻn ikkinchi va yigirma birinchi xatboshlariga asosan: 1.4 — to'xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 «To'xtash taqiqlangan» yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi to'siq ustidan chiziladi; 1.10 — to'xtab turish taqiqlangan joyni bildiradi; yakka holda yoki 3.28 yo'l belgisi bilan qo'llaniladi va yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi; 1.17 — yo'nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to'xtab turish joylarini bildiradi; YHQ 13-bobi 91-bandining to'qqizinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: bekat maydonchalarida, yo'nalishli transport vositalari toʻxtash joylarida, jumladan, 1.17 chizigʻi bilan belgilangan, ular boʻlmaganda esa yo'nalishli transport vositalari toʻxtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yoʻnalishi bo'ylab (yetmasdan va o'tib ketib) 15 metrdan kam masofada.

Bu savol haqida batafsil →
4

Enli uzuq-uzuq chiziq ko'rinishidagi yotiq chiziq nimani bildiradi?

Savol 4
Transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishi uchun belgilangan maydonchalarni
Qatnov qismi bilan yo'l yoqasi o'rtasidagi chegarani
Tezlashish yoki sekinlashish bo'lagi bilan qatnov qismi asosiy boʻlagi o'rtasidagi chegaraniTo'g'ri

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining o'ninchi xatboshisiga asosan: 1.8 (enli uzuq-uzuq chiziq) — tezlashish yoki sekinlashish bo'lagi bilan yo'lning qatnov qismidagi asosiy bo'lagi o'rtasidagi chegarani bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qaysi transport vositasining haydovchisi birinchi navbatda harakatlanish huquqiga ega?

Savol 5
Avtomobil haydovchisi
Mototsikl haydovchisiTo'g'ri

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo'nalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Bunday vaziyatda qizil avtomobilning haydovchisiga quvib o'tish ruxsat etiladimi?

Savol 6
Ruxsat etiladi
TaqiqlandiTo'g'ri
Faqat ro'paradan kelayotgan transport vositalari yo'qligida ro'xsat etiladi

Izoh: YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Siz reversiv harakatli yo'lga burilmoqchisiz. Burilishdan keyin Siz qaysi tasma bo'ylab harakatlanish huquqiga egasiz?

Aholi punktidan tashqarida qatnov qismining iloji boricha o'ng chetiga yaqinroqda
Aholi punktlarida istalgan tasma bo'ylab harakatlanishga ruxsat etiladi
Chetki o'ng tasma bo'ylab faqat reversiv svetofor yoki boshqa tasmalar bo'yicha ham harakatlanishga ruxsat etadigan «Tasmalar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi» belgisidan o'tgandan so'ng qayta tizilishga ruxsat etiladiTo'g'ri

Izoh: YHQ 10-bobi 71-bandiga asosan: Reversiv harakatlanishli yo'lga burilishda haydovchi transport vositasini shunday boshqarishi kerakki, bunda transport vositasi qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki o'ng qatorni egallashi kerak. Shu yo'nalishdagi boshqa tasmalardan ham harakatlanish ruxsat etilganiga ishonch hosil qilingandan keyingina haydovchiga qayta tizilishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Qanday hollarda to'xtab turish taqiqlanadi?

Piyodalar o'tish joyidan o'tgandan keyin bir metr masofa uzoqlikda
Transport vositalarining harakatlanishiga imkon qoldirmaydigan kirishga yoki chiqishga va piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylardaTo'g'ri
Piyodalarning o'tish joyi oldiga 10 metrdan ko'p masofa qolganda
Sanab o'tilgan hollarda
Qatnov qismi kesishmasining chekkasiga 30 metrdan ko'p masofa qolganda

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan: Quyidagi joy va holatlarda toʻxtash taqiqlanadi: piyodalar o'tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda; qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo'lning sidirg'a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno); transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa haydovchilardan to'sib qo'yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.

Bu savol haqida batafsil →
9

Haydovchi avtopoyezdni tormozlashning qaysi qoidalariga rioya qilishi kerak?

Tormoz tepksini keskin kuchli bosish - ulagichni ajratgan holda
Oldindan tezlikni kamaytirib, ulagichni ajratmay, bir tekis tormozlashTo'g'ri

Izoh: Tormoz tizimi mavjud bo'lmagan tirkamani ulash vaqtida ulangan transport vositalarining umumiy vazni kattalashgani bois avtomobilning tormoz yo'li ortadi. Avtopoezdni faqat yo'lning to'g'ri uchastkalarda to'xtatish mumkin, bunda uning to'liq vazni bir chiziqda bo'lishi kerak. Aylana yoʻlda shatakchi avtomobilning ag'darilishi, yoʻl chetiga chiqib ketishi yoki shatakchi moslamaning ishdan chiqishiga olib keluvchi tirkamaning surilib ketishi yoki avtopoezdning buklanishi yuzaga kelishi mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
10

Yon kajavasi bo'lmagan mototsiklda bolalarni tashishga ruxsat etiladimi?

Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
12 yoshdan katta bolalarga ruxsat etiladiTo'g'ri
Katta yoshdagi yo'lovchi bo'lganda ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 26-bobi 159-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilariga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: Mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarning konstruksiyasida ko'zda tutilgan joylardan tashqarida; 12 yoshga to'lmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning orqa o'rindig'ida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o'rnatilmagan transport vositasining old o'rindig'ida.

Bu savol haqida batafsil →