❓ YHQ Savoli

Chorrahani kesib o'tishda tramvay yo'li bo'ylab harakatlanishga ruxsat etiladimi?

Qarama-qarshi yo'nalishdagi tramvay yo'llari bo'ylab ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Agar qarama-qarshi yoʼnalishdagi tramvayga to'sqinlik qilmasa, ruxsat etiladi
Boshqa tasmalar band boʼlganda, aylanib oʼtishga, chapga burilish va qayrilib olishga, bir yoʼnalishdagi tramvay yoʼllari boʼylab xarakatlanishga ruxsat etiladi. (agar chorraxadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yoʼl belgilari oʼrnatilmagan boʼlsa) Bunda tramvayga xalaqit bermaslik kerak

Izoh: YHQ 10-bobi 69-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Bir yo'nalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay yo'lidan, shu yo'nalishdagi boshqa tasmalar band bo'lganda harakatlanishga, shuningdek, aylanib o'tishga, chapga burilish va qayrilib olishga ushbu Qoidalarning 56-bandini hisobga olgan holda ruxsat etiladi. Biroq bu tramvayga xalaqit bermasligi kerak. Qarama-qarshi yo'nalishdagi tramvay yo'lidan harakatlanish taqiqlanadi. Agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yo'l belgilari o'rnatilgan bo'lsa, chorrahadan o'tishda tramvay yo'llaridan harakatlanish taqiqlanadi.