34

Bilet 34

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Ushbu yotiq chiziq nimani anglatadi?

Savol 1
Transport vositalari to'xtab turish qatnov chegarasini
Transport vositalari oqimi qo'shiladigan joylardagi yo'naltiruvchi orolchaniTo'g'ri
Qatnov qismidagi xavfli joylarda piyodalar uchun orolchani
Transport vositalari oqimi ajraladigan joydagi yo'naltiruvchi orolchani

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining yigirmanchi xatboshisiga asosan: 1.16.3 — transport vositalari oqimi qo'shiladigan joylardagi yo'ʻnaltiruvchi orolchani bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Chorrahada qaysi yo'nalishlarda harakat qilish ruxsat etiladi?

Savol 2
Faqat «Г» va «Е»To'g'ri
«Б», «В», «Г», «Д»
«А», «Б», «Г», «Д»

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-boʻlimining to'qqizinchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshlariga asosan: 5.8.1. “Tasmalar bo'yicha harakat yo'nalishi”. Tasmalar soni va har biri bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishlari. Boshqa yo'nalishlar bo'yicha harakatlanish taqiqlanadi. 5.8.2. “Tasma bo'yicha harakatlanish yo'nalishi”. Tasma bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishi. Boshqa yo'nalishlar bo'yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo'lning chetki chap bo'lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi. Chorrahadan oldin o'rnatilgan 5.8.1 va 5.8.2 belgilarining ta’siri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar o'rnatilmagan bo'lsa, butun chorrahaga tatbiq etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Qatnov qismi o'ng bo'lagi bo'ylab harakatlanishga qaysi transport vositasiga ruxsat etilgan?

Savol 3
Faqat velosipedlarga
Belgilangan yo'nalishdagi transport vositalariga va taksilarga
Barcha mexanik transport vositalariga
Faqat belgilangan yo'nalishdagi transport vositalarigaTo'g'ri

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining yigirma yettinchi xatboshisiga asosan: 1.23 — yoʻlning faqat yo'nalishli transport vositalari uchun mo'ljallangan bo'lagini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Savol 4
Tramvay va yashil avtomobil, sariq avtomobilTo'g'ri
Tramvay, sariq, yashil avtomobillar
Yashil, sariq avtomobillar, tramvay

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yoʻnalishidan qat'i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qaysi transport vositasining haydovchisiga belgida ko'rsatilgan tezlik bilan harakatlanishga ruxsat berilgan?

Savol 5
Faqat mikroavtobus haydovchisigaTo'g'ri
Har ikki haydovchiga
Har ikkisiga taqiqlangan

Izoh: YHQ 11-bobi 79-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan; YHQ 11-bobi 80-bandining birinchi xatboshisiga asosan, har qanday yoʻllarda: yukxonasida odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan.

Bu savol haqida batafsil →
6

Boshqaruvda o'rganuvchi bo'lsa, ushbu transport vositasiga qaysi tomonga harakatlanishga ruxsat beriladi?

Savol 6
O'ngga, chapga va qayrilib olishgaTo'g'ri
Hamma tomonga
Faqat o'ngga

Izoh: YHQ 20-bobi 124-bandining birinchi xatboshisiga asosan, turar joy dahalarida quyidagilar taqiqlanadi: mexanik transport vositalarini boshqarishni oʻrgatish.

Bu savol haqida batafsil →
7

Chorrahani kesib o'tishda tramvay yo'li bo'ylab harakatlanishga ruxsat etiladimi?

Qarama-qarshi yo'nalishdagi tramvay yo'llari bo'ylab ruxsat etiladi
Taqiqlanadi
Agar qarama-qarshi yoʼnalishdagi tramvayga to'sqinlik qilmasa, ruxsat etiladi
Boshqa tasmalar band boʼlganda, aylanib oʼtishga, chapga burilish va qayrilib olishga, bir yoʼnalishdagi tramvay yoʼllari boʼylab xarakatlanishga ruxsat etiladi. (agar chorraxadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yoʼl belgilari oʼrnatilmagan boʼlsa) Bunda tramvayga xalaqit bermaslik kerakTo'g'ri

Izoh: YHQ 10-bobi 69-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Bir yo'nalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay yo'lidan, shu yo'nalishdagi boshqa tasmalar band bo'lganda harakatlanishga, shuningdek, aylanib o'tishga, chapga burilish va qayrilib olishga ushbu Qoidalarning 56-bandini hisobga olgan holda ruxsat etiladi. Biroq bu tramvayga xalaqit bermasligi kerak. Qarama-qarshi yo'nalishdagi tramvay yo'lidan harakatlanish taqiqlanadi. Agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yo'l belgilari o'rnatilgan bo'lsa, chorrahadan o'tishda tramvay yo'llaridan harakatlanish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Yuk avtomobillari avtomagistralda chetki chap qatorida harakatlanishga ruxsat etiladimi?

Ruxsat etiladi
TaqiqlanadiTo'g'ri

Izoh: YHQ 19-bobi 121-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: yuk avtomobillariga yo'lning chetki chap qatorida harakatlanishi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Qattiq charchoq boshlanishining asosiy tashqi alomatlari qanday?

Yuz qizil tusga kiradi, qo'l-oyoqlar soviydi, ongi xiralashadi
Mushaklarda horg'inlik seziladi, quloqlarda shovqin, bosh aylanadi, muzdek yopishqoq ter chiqadi
Ko'z sanchib og'riydi, yuz terisi oqaradi, uyqu bosadiTo'g'ri

Izoh: Haydovchi toliqishning o'ziga xos alomatlariga - uyqu kelishi, lanjlik va diqqatning pasayishi kiradi. Bu holatda transport vositasini boshqarish xavfli bo'lganligi bois, taqiqlangan.

Bu savol haqida batafsil →
10

Tashilayotgan yuk DYHX xizmatining ruxsatisiz transport vositasi o'lchamlarining orqa nuqtasidan eng katta miqdorda qanday chiqib turishi mumkin?

1,5 m
1,0 m
4,0 m
2,5 m
2,0 mTo'g'ri

Izoh: YHQ 27-bobi 164-bandining birinchi xatboshisiga asosan: O'ta og'ir, katta o'lchamli va xavfli yuklarni tashishda gabarit oʻlchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo'yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan va balandligi boʻyicha yo'l sathidan 4 metrdan, uzunligi boʻyicha yakka avtotransport vositasi uchun — 12 metrdan, tirkama uchun — 12 metrdan, yarimtirkamali avtopoezd uchun — 20 metrdan, tirkamali avtopoezd uchun — 20 metrdan ortiq boʻlgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan bo'lishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →