Izoh: YHQ 29-bobi 180-bandining birinchi va ikkinchi xatboshlariga asosan, transport vositalarining texnik holatiga va ulardan foydalanishga javobgar bo'lgan mansabdor va boshqa shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: texnik nosoz, tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan, belgilangan tartibda roʻyxatdan o'tkazilmagan yoki davriy davlat texnik ko'rigidan oʻtkazilmaganligi tufayli foydalanish taqiqlangan transport vositalarini yoʻlga chiqarish; mastlik (giyohvandlik moddalar, alkogol va boshqalar) holatida yoki sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik yoki betoblik holatida, shuningdek tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqi bo'lmagan, belgilangan muddatda tibbiy ko'rikdan oʻtmagan, transport vositalari egalarining Fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish boʻyicha sug'urta polisi bo'lmagan shaxslarni transport vositasini boshqarishga qo'yish.
❓ YHQ Savoli