35

Bilet 35

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Transport vositalaridan foydalanish va texnik holatiga javobgar mansabdor shaxslarning majburiyatlari:

Barcha sanab o'tilganlarni bajarishgaTo'g'ri
Texnik holati va jihozlari Qoida talablariga mos kelmaydigan transport vositalarini yo'lga chiqarmaslik
Belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilmagan transport vositalarini yo'lga chiqarmaslik
Belgilangan muddatda tibbiyot ko'rigidan o'tmagan shaxslarni transport vositalarini boshqarishiga yo'l qo'ymaslik

Izoh: YHQ 29-bobi 180-bandining birinchi va ikkinchi xatboshlariga asosan, transport vositalarining texnik holatiga va ulardan foydalanishga javobgar bo'lgan mansabdor va boshqa shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: texnik nosoz, tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan, belgilangan tartibda roʻyxatdan o'tkazilmagan yoki davriy davlat texnik ko'rigidan oʻtkazilmaganligi tufayli foydalanish taqiqlangan transport vositalarini yoʻlga chiqarish; mastlik (giyohvandlik moddalar, alkogol va boshqalar) holatida yoki sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik yoki betoblik holatida, shuningdek tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqi bo'lmagan, belgilangan muddatda tibbiy ko'rikdan oʻtmagan, transport vositalari egalarining Fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish boʻyicha sug'urta polisi bo'lmagan shaxslarni transport vositasini boshqarishga qo'yish.

Bu savol haqida batafsil →
2

Belgi va uning ostidagi qo'shimcha axborot belgisi nima haqida ogohlantiradi?

Savol 2
Yo'lda ta'mirlash ishlari olib borilayotganda yo'l chetida to'xtab turish taqiqlanadi
Olib borilayotgan ishlar munosabati bilan yo'l chetida to'xtash taqiqlanadi
Yo'l yoqasida ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan unga yaqin kelish xavfliTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-bo'limining yigirma sakkizinchi xatboshisiga asosan: 1.23. «Ta'mirlash ishlari». YHQ 1-ilovasi 7-bo'limining yigirma beshinchi xatboshisiga asosan: 7.12. «Xavfli yo'l yoqasi». Yo'l ishlari bajarilayotgani sababli yoʻl yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogohlantiradi. 1.23 belgisi bilan qo'llaniladi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo'lgan uzuq-uzuq chiziq nimani bildiradi?

Savol 3
Avtomagistrallarda qatnov qismi chetlarini
Qarama-qarshi yoki bir yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradiTo'g'ri
Tezlashish yoki sekinlashish bo'lagi bilan yo'lning qatnov qismidagi asosiy bo'lagi o'rtasidagi chegarani

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining sakkizinchi xatboshisiga asosan: 1.6 (yaqinlashish chizigʻi — har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo'lgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Yo'l o'rtasidagi to'xtash joyida to'xtagan shu yo'nalishdagi tramvayga yaqinlashib qolgan haydovchi nima qilishi kerak?

Yo'l o'rtasidagi to'xtash joyida turgan shu yo'nalishdagi tramvayga kelayotgan yoki undan uzoqlashayotgan piyodalarga yo'l berishiTo'g'ri
To'xtashi, tramvay eshiklari yopilgandan keyin harakatni davom ettirishi
To'xtashi, so'ng tramvay harakatlanganidan keyin harakatni davom ettirishi
Tramvay to'xtash joyidan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan o'tishi

Izoh: YHQ 17-bobi 114-bandiga asosan: Agar yo'lovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan bo'lsa, haydovchi bekatda to'xtagan yo'nalishli transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyoda(lar)ga yo'l berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qaysi transport vositasining haydovchisi harakatlanishda imtiyozga ega?

Savol 5
Avtomobil haydovchisi
Tramvay haydovchisiTo'g'ri

Izoh: YHQ 15-bobi 101-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Transport vositasining haydovchisi, agar svetoforning ruxsat etuvchi chirog'i yoqilsa-yu, harakat yo'nalishining qatnov qismidan o'tishga ulgurmagan piyodalar bo'lsa, nima qilishi kerak?

Mazkur yo'nalishning qatnov qismidan piyodalarning o'tib olishiga imkon berishiTo'g'ri
Tovush ishorasini berishi va tezlikni kamaytirmay piyodalarning o'tish joyidan o'tishi
Ehtiyotkorlik choralariga rioya etgan holda piyodalarning o'tish joyidan o'tishi
Tezlikni kamaytirishi, tovush ishorasini berishi va eng kam tezlik bilan piyodalarning o'tish joyidan o'tishi

Izoh: YHQ 15-bobi 103-bandiga asosan: Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yoʻnalishda o'tishni tugallayotgan ртуода (Гаг)да yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
7

Aholi punktlarida yuk avtomobillarning harakatlanishiga qaysi tasmadan ruxsat etiladi?

Istalgan tasmadan, biroq, agar relssiz transport vositalarining harakati uchun bir yo'nalishda uchta va undan ortiq tasma bo'lsa, u holda chetki chap tasmaga faqat chapga burilish, orqaga qayrilish uchun o'tishga va tushirish yoki ortish uchun bir tomonlama harakatga ruxsat etilgan ko'chalarda to'xtashga
Qatnov qismining o'ng chetiga yaqin tasmadanTo'g'ri
Boshqa tasmalarda qatnov ko'p bo'lganda istalgan tasmadan

Izoh: YHQ: v) yuk avtomobillari, Yo'l harakati qoidalarida belgilangan ayrim istisnolardan tashqari barcha holatlarda, yo'lning faqat o'ng qatnov qismidan harakatlanishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
8

Agar barcha transport vositalari 80 km/soat tezlik bilan harakat qilsa, haydovchilardan qay biri qoidalar talablarini buzadi?

Savol 8
Hech kim buzmadiTo'g'ri
Mototsikl va yuk avtomobilining haydovchilari
Hamma haydovchilar
Mototsikl haydovchisi
Mototsikl va yengil avtomobilning haydovchilari

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limi 3.24 belgi talabiga asosan, «Yuqori tezlik cheklangan» belgisi transport vositalarining yuqori tezligini cheklaydi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Tormoz yo'li deganda nima tushuniladi?

Haydovchiga xavf ma'lum bo'lgan vaqtdan boshlab avtomobilning to'liq to'xtagungacha bosib o'tgan masofasi
Tormoz tepkisi bosilgan vaqtdan boshlab avtomobilning to'liq to'xtagungacha bosib o'tgan masofaTo'g'ri

Izoh: Haydovchi tormoz pedalini bosgandan boshlab avtomobilni to'xtaguncha bosib oʻtgan yo'liga - “tormoz yo'li” deyiladi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Davlat YHX xizmatining ruxsatisiz transport vositasining yuk bilan yoki yuksiz qanday yuqori o'lchamdagi balandlik bilan harakatlanishiga yo'l qo'yiladi?

5,0 m
3,8 m
4,0 mTo'g'ri
4,5 m
2,5 m

Izoh: YHQ 27-bobi 164-bandining birinchi xatboshisiga asosan: O'ta og'ir, katta o'lchamli va xavfli yuklarni tashishda gabarit oʻlchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo'yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan va balandligi boʻyicha yo'l sathidan 4 metrdan, uzunligi boʻyicha yakka avtotransport vositasi uchun — 12 metrdan, tirkama uchun — 12 metrdan, yarimtirkamali avtopoezd uchun — 20 metrdan, tirkamali avtopoezd uchun — 20 metrdan ortiq boʻlgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan bo'lishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →