❓ YHQ Savoli

Qaysi joylarda orqa bilan harakatlanish taqiqlanadi?

Avtomagistrallarda
Sanab o'tilgan barcha joylarda
Chorrahalarda, piyodalar o'tish joylarida
Ko'priklarda, yo'l o'tkazgichlar, estakadalarda va ularning ostida

Izoh: YHQ 9-bobining 63 bandiga asosan orqaga harakatlanish chorrahalarda va Qoidalarning 62- bandiga muvofiq qayrilib olish taqiqlangan joylarda hamda 19-bobining 121-bandiga asosan, avtomagistrallarda orqaga harakatlanish taqiqlanadi. YHQ 9-bobi 62-bandiga asosan: Quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning o'tish joylarida; tunnellarda; ko'priklar, yo'l o'tkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yo'l belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruxsat berilgan yo'l qismlari bundan mustasno); temir yo'l kesishmalarida; yo'lning ko'rinishi biror-bir yo'nalishda 100 metrdan kam bo'lgan joylarda.