37

Bilet 37

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

«Avtomagistral» belgisi bilan belgilangan yo'lda piyodalarning harakatlanishiga ruxsat etiladimi?

TaqiqlanadiTo'g'ri
Transport vositalarining harakatlanishiga qarama qarshi faqat aholi punktlaridan tashqarida yurishga ruxsat etiladi
Transport vositalarining harakatlanishi bo'ylab faqat aholi punktlaridan tashqarida yurishga ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 19-bobi 121-bandining birinchi xatboshisiga asosan, avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, skuterlar, mopedlar, traktorlar va uzi yurar avtomobillar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Ushbu belgi o'rnatilgan yo'lda kajavali mototsiklni shatakka olishga ruxsat etiladimi?

Savol 2
Faqat qattiq ulagichda ruxsat etiladi
TaqiqlanadiTo'g'ri
Sirpanchiqda taqiqlanadi
Tirkamasi bittadan ortiq bo'lmagan mototsiklga ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining to'qqizinchi xatboshisiga asosan: 3.7. «Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi». Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Ushbu yotiq chiziq nimani bildiradi?

Savol 3
To'xtash taqiqlangan joyga yaqinlashganlikni
Mazkur yo'nalishda harakatlanish bo'lagi soni kamaya borib, qatnov qismining torayishini
Kesib o'tiladigan yo'l bo'ylab harakatlanayotgan transport vositasiga yo'l berar ekan, haydovchi zarur holda qayerda to'xtashi kerak bo'lgan joyniTo'g'ri

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining yigirma ikkinchi xatboshisiga asosan: 1.18 — chorrahada bo'laklar bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlarini ko'rsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan birgalikda qo'llanilishi mumkin; oxiri berk yo'l tasvirlangan chiziq shu yo'nalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini koʻrsatish uchun chiziladi; chetki chap tasmadan chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Qaysi joylarda orqa bilan harakatlanish taqiqlanadi?

Avtomagistrallarda
Sanab o'tilgan barcha joylardaTo'g'ri
Chorrahalarda, piyodalar o'tish joylarida
Ko'priklarda, yo'l o'tkazgichlar, estakadalarda va ularning ostida

Izoh: YHQ 9-bobining 63 bandiga asosan orqaga harakatlanish chorrahalarda va Qoidalarning 62- bandiga muvofiq qayrilib olish taqiqlangan joylarda hamda 19-bobining 121-bandiga asosan, avtomagistrallarda orqaga harakatlanish taqiqlanadi. YHQ 9-bobi 62-bandiga asosan: Quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning o'tish joylarida; tunnellarda; ko'priklar, yo'l o'tkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yo'l belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruxsat berilgan yo'l qismlari bundan mustasno); temir yo'l kesishmalarida; yo'lning ko'rinishi biror-bir yo'nalishda 100 metrdan kam bo'lgan joylarda.

Bu savol haqida batafsil →
5

Tramvay haydovchisi harakatlanayotganida svetoforning ushbu ishorasiga muvofiq boshqa yo'nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerakmi?

Savol 5
KerakTo'g'ri
Kerak emas

Izoh: YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan: Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning yo'naltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
6

Transport vositalariga sidirg'a oq chiziq bilan ajratilgan va «Yo'nalishli transport vositalari uchun mo'ljallangan tasma» yo'l belgisi bilan belgilangan yo'lning o'ng bo'lagida to'xtab turishga ruxsat etiladimi?

TaqiqlanadiTo'g'ri
Faqat shu hududdagi korxonaga xizmat qiladigan yoki yaqin o'rtadagi uylarda yashaydigan fuqarolarga qarashli avtomobillarga ruxsat etiladi
Agar to'xtab turishni taqiqlovchi belgi bo'lmasa, ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 22-bobi 132-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Yo'nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yo'l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to'xtashi taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Bunday yo'l belgisi o'rnatilgan yo'l qismlarida mototsikllarga qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishga ruxsat etiladi?

Savol 7
80 km/sTo'g'ri
60 km/s
90 km/s
70 km/s
100 km/s

Izoh: YHQ 11-bobi 79-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan.

Bu savol haqida batafsil →
8

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?

Savol 8
Tramvay haydovchisi
Yuk avtomobilining haydovchisi
Har ikki avtomobil haydovchisiTo'g'ri

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandiga muvofiq, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Serqatnov harakatda transport vositasini keskin tormozlash:

Orqadan kelayotganlarning urilib ketishini keltirib chiqarishi mumkinTo'g'ri
Avtomobilning faqat texnik holatida ko'rinadi
Serqatnov harakatda boshqarishning odatdagi usuli hisoblanadi

Izoh: YHQ 11-bobi 81-bandining to'rtinchi xatboshisiga asosan, haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: yoʻl-transport hodisasining oldini olish zaruriyati boʻlmaganda keskin tormoz berish.

Bu savol haqida batafsil →
10

Qanday holatlarda tashilayotgan yuk ishora taxtachalari yoki bayroqchalar bilan kunning qorong'i vaqtida, yetarli ko'rinmaydigan sharoitlarda esa yorug'lik qaytargich yoki chiroqlar bilan belgilanadi?

Yuk transport vositasining o'lchamidan oldinda yoki orqada 1 metrdan ko'p chiqib qolgandaTo'g'ri
Yuk transport vositasining o'lchamidan orqada 0,8 metr chiqib qolganda

Izoh: YHQ 27-bobi 163-bandiga asosan: Transport vositasining gabaritlaridan old yoki orqa tomonga bir metrdan, yon tomonga gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk «Katta o'lchamli yuk» taniqlik belgisi bilan belgilanishi, qorong'i vaqtda va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda esa bunga qo'shimcha ravishda old oq chiroq yoki yorug'lik qaytargich, orqasi esa qizil chiroq yoki yorug'lik qaytargich bilan belgilanishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →