❓ YHQ Savoli

Qaysi hollarda avtomobillar ushbu taniqlik belgilari bilan belgilanadi?

Savol 10 rasmi
Kar-soqov yoki kar haydovchilar boshqarayotganda
Xavfli yuklar tashiyotganda
Nogironlar boshqarayotganda
Ikki yilgacha haydovchilik ish davriga ega bo'lgan haydovchilar boshqarayotganda

Izoh: YHQ 29-bobi 176-bandining to'rtinchi xatboshisiga asosan, transport vositalariga quyidagi taniqlik belgilari oʻrnatilishi kerak: «Kar haydovchi» — kar-soqov yoki kar haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomonlariga ichiga diametri 40 millimetr boʻlgan uchta qora doira tushirilgan, diametri 160 millimetrni tashkil etadigan sariq rangli doira shaklidagi belgi.