38

Bilet 38

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Qatnov qismi tomonidan yo'lovchilarning tushishi va chiqishiga qaysi hollarda ruxsat etiladi?

Haydovchining hohishiga ko'ra shu shart bilanki, bu xavf-xatardan xoli bo'lsa va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasa
Transport vositasi majburiy to'xtaganda
Trotuar tomondan yoki yo'l yoqasidan iloji bo'lmasa shu shart bilanki, bu hol xavf-xatarsiz bo'lsa va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasaTo'g'ri

Izoh: YHQ 5-bobi 23-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Yo'lovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yoʻl yoqasi tomondan tushishi yoki ularga chiqishining iloji bo'lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug'dirmasa yoki boshqa yo'l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa yo'lning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
2

Yuk avtomobilining qaysi yo'nalishlarda harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Savol 2
Faqat o'ngga
Faqat chapga
O'ngga, chapga va qayrilib olishgaTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-bo'limining qirq sakkizinchi xatboshisiga asosan: 5.30.1 «Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yoʻnalishi». Chorrahada yuk avtomobillari, traktorlar va o'ziyurar moslamalarga biror yo'nalishda harakatlanish taqiqlangan boʻlsa, bunday transport vositalariga tavsiya etilgan harakatlanish yoʻnalishlari ko'rsatadi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Bu yotiq chiziq bildiradi:

Savol 3
Ko'rsatilgan yo'nalishlarda harakatlanishni taqiqlaydi
Harakat barcha yo'nalishlarda ruxsat etilgan yo'llarning kesishmasiga yaqinlashganlikni
Chorrahada tasmalar bo'laklar bo'yicha ruxsat etilgan harakat yo'nalishlarini ko'rsatadiTo'g'ri

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining yigirma ikkinchi xatboshisiga asosan: 1.18 — chorrahada tasmalar bo'laklar bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishlarini ko'rsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan birgalikda qo'llanilishi mumkin; oxiri berk yo'l tasvirlangan chiziq shu yo'nalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini ko'rsatish uchun chiziladi; chetki chap tasmadan chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Savol 4
Avtobus, velosiped, yengil avtomobil
Yengil avtomobil, avtobus, velosiped
Avtobus, yengil avtomobil, velosiped
Velosiped, avtobus, yengil avtomobilTo'g'ri

Izoh: YHQ 16-bobi 104, 106-bandlariga asosan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, asosiy yo'ldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yo'ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107 bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek, ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Rasmda ko'rsatilgan holatda qizil avtomobilning haydovchisi qanday yo'l tutishi kerak?

Savol 5
Svetoforning ruxsat ishorasini kutishi va to'g'riga o'tishi
O'ngga burilish ishorasini yoqishi va o'ngga burilishiTo'g'ri
Chapga burilish ishorasini yoqishi va o'ng qatorni bo'shatishi

Izoh: Yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta'sir etadi. Agar tegishli yoʻl belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan bo'lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yo'naltirgich ham xuddi shu ma'noni bildiradi. Svetoforning qo'shimcha tarmoqdagi ishora o'chirilgan bo'lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo'nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Temir yo'l kesishmasi oldida to'xtagandan keyin harakatni boshlashdan oldin haydovchi:

Har ikki javob to'g'ri
Yaqinlashib kelayotgan poezdning yo'qligiga ishonch hosil qilishi kerakTo'g'ri
Bitta uzun va uchta qisqa tovushli ishora berib harakatni boshlashi kerak

Izoh: YHQ 18-bobi 117-bandiga asosan: Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan haydovchi yo'l belgilari va chiziqlariga, svetofor ishoralariga, shlagbaum holatiga, kesishma navbatchisining ko'rsatmalariga amal qilishi, yaqinlashib kelayotgan poezd (lokomotiv, drezina) yo'qligiga ishonch hosil qilishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
7

Shunday yo'l belgisi bilan belgilangan yo'l qismlarida shaharlararo bo'lmagan avtobuslarning qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Savol 7
60 km/s
90 km/s
50 km/s
70 km/s
80 km/sTo'g'ri

Izoh: YHQ 11-bobi 79-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan.

Bu savol haqida batafsil →
8

Qaysi transport vositalarining haydovchilari to'xtab turish qoidasini buzdilar?

Savol 8
Har ikki haydovchiTo'g'ri
Yuk avtomobili haydovchisi
Yengil avtomobil haydovchisi

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining o'ttiz ikkinchi xatboshisiga asosan: 3.28. «Toʻxtab turish taqiqlangan». Transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlanishini bildiradi. YHQ 13-bobi 88-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan koʻp boʻlgan yuk avtomobillari bir tomonlama harakatli yoʻllarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun to'xtashlari mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
9

Sirpanchiq yo'lda harakatlanayotganda karbyuratorning drossel zaslonkasini birdaniga ochish xavfi nimadan iborat?

Yonilg'i sarfi ancha ortadi
Avtomobilning yonga sirpanishi vujudga kelishi mumkinTo'g'ri
Yurgizgich o'chib qoladi
Yurgizgich tirsakli val aylanishining maksimal chastotasini oshiradi

Izoh: Sirpanchiq yoʻlda sirpanish hollari birdan tezlik oshirilganda, yetakchi g'ildiraklarning oʻrnidan jilmay aylanishi (charx urishi) kelib chiqadi. Bu holda sirpanish sabablarini bartaraf qilish, ya'ni yonilgʻi oʻtishini boshqaruvchi tepkisini (drossel zaslonkasini) bosishni kamaytirish lozim.

Bu savol haqida batafsil →
10

Qaysi hollarda avtomobillar ushbu taniqlik belgilari bilan belgilanadi?

Savol 10
Kar-soqov yoki kar haydovchilar boshqarayotgandaTo'g'ri
Xavfli yuklar tashiyotganda
Nogironlar boshqarayotganda
Ikki yilgacha haydovchilik ish davriga ega bo'lgan haydovchilar boshqarayotganda

Izoh: YHQ 29-bobi 176-bandining to'rtinchi xatboshisiga asosan, transport vositalariga quyidagi taniqlik belgilari oʻrnatilishi kerak: «Kar haydovchi» — kar-soqov yoki kar haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomonlariga ichiga diametri 40 millimetr boʻlgan uchta qora doira tushirilgan, diametri 160 millimetrni tashkil etadigan sariq rangli doira shaklidagi belgi.

Bu savol haqida batafsil →