
Izoh: YHQ 1-ilovasi 99-bandi: Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to'g'riga harakatlanayotgan va oʻngga burilayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Tramvay haydovchilari ham ushbu Qoidaga amal qilishlari kerak. 2.1. «Asosiy yoʻl». Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin o'tish huquqini beradi. Belgi asosiy yoʻl boshiga va chorrahalarning bevosita oldiga oʻrnatiladi.