Mazkur yo'l belgisi nimani bildiradi?

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1.20. «Piyodalar o'tish joyi». 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1 — 1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar oʻtish joyini bildiradi.
YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1.20. «Piyodalar o'tish joyi». 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1 — 1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar oʻtish joyini bildiradi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3.28. bandi «To'xtab turish taqiqlangan». Transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlanadi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud Ко'К va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo'yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno). 7.4.1— 7.4.10. «Transport vositasining turi». Belgining ta'siri joriy etilgan transport vositalari turini koʻrsatadi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-bo'limining beshinchi yettinchi xatboshlariga asosan: 1.3.1. «Bir izli temir yoʻl». 1.3.1. — bir izli temir yoʻl, belgisi shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yo'l kesishmasi oldida o'rnatiladi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 99-bandi: Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to'g'riga harakatlanayotgan va oʻngga burilayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Tramvay haydovchilari ham ushbu Qoidaga amal qilishlari kerak. 2.1. «Asosiy yoʻl». Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin o'tish huquqini beradi. Belgi asosiy yoʻl boshiga va chorrahalarning bevosita oldiga oʻrnatiladi.

Izoh: YHQ 7-bobi 38-bandi: Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi: Qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi. o'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 15-bobi 100-bandi: Svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning ko'rsatkichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo'nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
Izoh: YHQ 10-bobi 66-bandi: Harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizigʻi bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
Izoh: YHQ 13-bobi 89-bandi: Transport vositalarini yoʻlning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga yo'l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan faqat parallel ravishda, kajavasi bo'lmagan ikki g'ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qo'yishga ruxsat etiladi. Qatnov qismining ayrim kengaytirilib qatnov qismidan ajratilgan joylarida yo'l harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan boshqacha tartibda qoʻyishga ham ruxsat etiladi.
Izoh: Suyaklar singanda shikastlanganda qoʻl yoki oyoqni har qanday qattiq vosita yordamida mustahkamlab, harakatsizlantirish (immobilizatsiya qilish) lozim.
Izoh: YHQ 2-bobi 12-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo'lgan, sutkaning qorong'i vaqtida yoki ko'rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg'ir yoki qor yogʻayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.