❓ YHQ Savoli

Yotiq chiziqlarning sidirg'a chizig'ini bosib o'tishga ruxsat etiladimi?

Chiziq bir yo'nalishdagi harakat tasmalarining chegarasini bildirganda faqat manyovr qilishda ruxsat etiladi
Agar u haydovchining o'ng tomonida bo'lsa ruxsat etiladi
Faqat shunday holda ruxsat etiladiki, agar chiziq yo'l qatnov qismining chetlarini bildirsa

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining uchinchi va o'ttiz to'rtinchi xatboshlariga asosan: 1.1 — qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo'lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo'lagi chegarasini va velosipedchilar uchun bo'lagining chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining to'xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yo'lning qatnov qismi chegarasini bildiradi; 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o'tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo'llanilgan 1.1 chizig'i bundan mustasno.